Shokoladli pishiriq
DO`STLARGA ULASHING:
Kerakli masalliqlar: 240 gramm oliy navli un, 240 g shakar, 1 dona tuxum, 125 g sariyog‘, 100 g qoramtir shokolad, 1-2 choy qoshiq soda, 1-2 choy qoshiq tuz.
Tayyorlanishi:
- Tovoqqa yumshatilgan sariyog‘, tuxum va shakar solinib, mikser bilan ko‘pirtiriladi.
- Unni tuz va sodaga aralashtirib, tovoqdagi qorishmaga qo‘shiladi va qoriladi.
- Shokoladni mayda bo‘laklarga bo‘lib, xamirga qo‘shiladi.
- Xamir yaxshilab qoriladi. U yetarli darajada yumshoq va yopishqoq bo‘lishi kerak.
- Ho‘l qo‘l bilan xamirdan 24 taga yaqin sharcha yasaladi va tovaga teriladi. Oldindan 200 S° gacha qizdirilgan duxovkaga 10 daqiqa qo‘yiladi.
- Tayyor bo‘lgan pishiriq sovutilgach, tarelkaga solinadi.
Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.
soglom.uz
Shokoladli pishiriq
Related Posts