Karamli blinchik
DO`STLARGA ULASHING:
Kerakli mahsulotlar: (xamir uchun) 3 stakan sut, 2 dona tuxum, 2 stakan un, 1 choy qoshiq tuz, 1 osh qoshiq shakar, 0,5 choy qoshiq soda + eritish uchun sirka, 1 osh qoshiq sariyog‘. (Masalliq uchun) karam, tuz, ko‘kat, ziravorlar, garmdori, o‘simlik yog‘i.
Tayyorlanishi:
- Tuxumni shakar va tuz bilan iylab, 1 stakan sut quyib aralashtiriladi.
- Elangan unni solib, yumaloqlar qolmaguncha yaxshilab qoriladi.
- Qolgan sutni isitib xamirga quyiladi va aralashtiriladi.
- Sirkada o‘ldirilgan soda va eritilgan sariyog‘ qo‘shiladi.
- Xamirga biroz dam beriladi, keyin yupqa blinlar quruq tovada pishiriladi.
- Karam maydalab to‘g‘raladi va o‘simlik yog‘ida yumshaguncha qovuriladi, tuz hamda ziravorlar qo‘shiladi.
- Blinlar masalliq bilan to‘ldirilib, konvert shaklida o‘raladi va o‘simlik yog‘ida hamma tomoni qizarguncha qovuriladi.
Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.
soglom.uz/tavsiya/karamli-blinchik/
Karamli blinchik