Qovoqcha ikrasi

Qovoqcha ikrasi

Qovoqcha ikrasi

DO`STLARGA ULASHING:

Kerakli mahsulotlar: 1 kg qovoqcha (kabachki), 2 dona qizil bulg‘ori qalampir, 1 dona achchiq qalampir, 300 g pomidor qaylasi, 250 ml suv, 30 g sarimsoqpiyoz, 80 ml o‘simlik yog‘i, 70 g shakar, 1 osh qoshiq tuz, 1 osh qoshiq 9 % lik sirka.

qovoqcha ikrasi

Tayyor bo‘lish vaqti: 50 daqiqa

Miqdori: 800 g

Tayyorlanishi:

  1. Qovoqchalarni kubik shaklida kesiladi (po‘stini archish shart emas).
  2. Qizil qalampir urug‘idan tozalanib, kubik shaklida bo‘laklarga ajratiladi.
  3. Achchiq qalampir va sarimsoqpiyoz mayda qilib to‘g‘raladi.
  4. Pomidor qaylasiga 250 ml suv quyilib, yaxshilab aralashtiriladi va chuqur idishga solinadi.
  5. Aralashma qaynatilgandan so‘ng, yog‘ va sirka qo‘shiladi. Undan keyin tuz va shakarni solib aralashtiriladi.
  6. Ustiga sabzavotlar solinib, 40 daqiqa dimlab pishiriladi. Ba’zi-ba’zida qopqoqni ochib aralashtirib turiladi.
  7. Ta’bga qarab ikraning bir qismi yoki hammasi pyure (bo‘tqa) holiga kelguncha eziladi. Tayyor bo‘lgan ikra quruq butilkaga solinadi.

Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.

Qovoqcha ikrasi