Forbes talqini bo‘yicha 2015-yilning eng qiziqarli startaplari, 1-qism

Forbes talqini bo‘yicha 2015-yilning eng qiziqarli startaplari, 1-qism

Forbes talqini bo‘yicha 2015-yilning eng qiziqarli startaplari, 1-qism

Kremniy vodiysining venchur sarmoyadorlari startaplarga investitsiya kiritishda davom etmoqda. 2015-yilning Forbes tomonidan tanlab olingan va ushbu maqolada yoritilgan eng yaxshi startaplari hisobot davrida 7 milliard dollardan ortiq mablag’ni jalb qildi va 120 milliard dollar qiymatga yaqinlashdi.

1. Slack

Investorlar tomonidan berilgan bahosi: 2,8 milliard dollar.

Slack Technologies — 1,1 million foydalanuvchiga ega bo’lgan, onlayn tarzda jamoa bo’lib ishlash servisi. Loyihaning asosiy o’ziga xos jihati — Slackbot yordamchi avatari bo’lib, u maslahatlar va ko’rsatmalar bera oladi. Ko’plab korporatsiyalar xodimlari muloqoti uchun aynan Slack’dan foydalanadi.

2. Porch

Porch dastlab ta’mir uchun g’oyalar bazasidan iborat bo’lgan. Biroq 2013-yilda ishga tushirilganidan keyin, u ta’mir ishlari uchun mahoratli ustalarga ehtiyojmand kishilar va shunday professionallarni birlashtiruvchi platformaga aylandi. Sietldagi kompaniya portfoliosi 3,2 million mutaxassis, 132 millionta shartnoma va 100 million dollar venchur kapitalidan iborat. Agar ko’rsatilgan xizmatlar sifati qoniqarsiz bo’lib chiqsa, Porch barcha mijozlarga 1000 dollarlik sug’urta taqdim etadi.

3. OfferUp

Investorlar tomonidan berilgan baho: 814 million dollar

OfferUp’ga 2011-yilda Sietl tashqarisida asos solingan, o’shandan buyon u 90 million dollarlik investitsiyalarni jalb qilib ulgurgan. Bu oldi-sotdi e’lonlari taxtasi bo’lib, ommabopligi siri servisning qulayligi va oddiyligida: mobil dasturda mahsulot suratini tezkorlik bilan yuklash, chat orqali potensial xaridor bilan bog’lanish va osongina kelishib olish mumkin. Shu yilning o’zidayoq platforma orqali 3 milliard dollarlik tranzaksiyalar o’tdi.

4. PicsArt

Investorlar tomonidan berilgan baho: 250 million dollar

PicsArt — 2011-yilda arman tadbirkor Ovanes Avoyan tomonidan asos solingan fotoredaktor. Dastur dastlab Android-smartfonlar foydalanuvchilari o’rtasida ommalashgan bo’lsa, endi iOS olamida ham o’z o’rnini topmoqda. PicsArt’ning faol foydalanuvchilari soni 65 millionga yetgan. PicsArt ijtimoiy tarmoq tamoyili emas, vitrina tamoyili bo’yicha fotosuratlarni tahrirlaydi, bunda barcha foydalanuvchilar o’z fotosan’atini namoyish etishi mumkin.

Davomi bor…

Forbes ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Loyiha «Daryo» va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:

Startup
1-qism, Forbes talqini bo‘yicha 2015-yilning eng qiziqarli startaplari