Forbes talqini bo‘yicha 2015-yilning eng qiziqarli startaplari, 2-qism
Forbes biznes-nashri talqiniga ko’ra 2015-yilning eng shov-shuvli startaplari haqida gapirib berishda davom etamiz. Boshlanishi — o’tgan maqolada.
5. DoorDash
Investorlar tomonidan berilgan bahosi: 600 million dollar
DoorDash — eng yaqin restoranlardan onlayn tarzda taom buyurtma qilish servisi. Ikki yillik faoliyati davomida tezkorlik bilan ko’payayotgan kontragentlari (o’ng mingga yetgan) va sifatli tarzda ishlab chiqilgan logistikasi sharofati bilan, startap «yakkashoxlar» (bahosi 1 milliard dollardan boshlanadigan startaplar) ligasiga kirib oldi. So’nggi raundda kompaniyaga Sequoia Capital va boshqa taniqli venchur fondlari 40 million dollar kiritdi.
6. Expensify
Investorlar tomonidan berilgan bahosi: 147 million dollar
Expensify — korporativ byudjet sarflanishini monitoring qilish servisi. Dastur yordamida kompaniya mablag’larni kim, nimaga va qachon sarflayotganini kuzatishi va pul oqimini samarali tarzda boshqarishi mumkin. Startapning mijozlari soni 16 mingga yetgan.
7. Uber
Investorlar tomonidan berilgan bahosi: 64 milliard dollar
Mobil dastur orqali taksi chaqirish bo’yicha startap dekabrda 2,1 milliard dollarlik navbatdagi investitsiyalarni jalb qildi. Mablag’lar kompaniyaga global kengayish, mahsulotlar yetkazib berish bo’yicha o’zaro bog’langan servislarni rivojlantirish, shuningdek, haydovchisiz avtomobillar kabi innovatsion loyihalar ustida ishlash uchun kerak bo’ladi. Uber Osiyoning kuchli mahalliy raqobatchilar bo’lgan istiqbolli bozorlari (Xitoy, Hindiston, Singapur) uchun kurashmoqda. Xitoy bozorining o’zigayoq Amerika kompaniyasi 1 milliard dollar kiritishga tayyor.
Kompaniya yaratilganiga besh yildan oshdi, shundan buyon u 10 milliard dollardan ziyod investitsiyalarni jalb qildi. Uber butun dunyoning 80 dan ortiq shaharlarida daromad keltiradi, bir yil ichida esa AQShda Uber yordamida harakatlanishlar soni 250 foizga oshdi. Servis daromadi 10 milliard dollardan oshadi.
8. Theranos
Investorlar tomonidan berilgan bahosi: 9 milliard dollar
Elizabet Xolmsning kompaniyasi qon tahlilining innovatsion usulini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi, u chuqur va tezkor test o’tkazish uchun bor-yo’qi bir necha tomchi qonni talab qiladi. Barcha tahlillar uchun qon shpritssiz olinadi. Theranos’ni hozirda butun sog’liqni saqlash tizimini o’zgartirib yuborishga qodir bo’lgan, yilning eng istiqbolli tibbiy startapi deb atashmoqda.
Forbes ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
Loyiha «Daryo» va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.
Manba:
Startup
2-qism), Forbes talqini bo‘yicha 2015-yilning eng qiziqarli startaplari