№11 dars — Linuxda, disklarni boshqarish haqida(LVM)

№11 dars — Linuxda, disklarni boshqarish haqida(LVM)

№11 dars — Linuxda, disklarni boshqarish haqida(LVM)

Bu maqolamda, linux operatsion tizimida, qattiq disklar(vinchester) bilan ishlashni ko’rsataman. Ko’pchilik disklar bilan ishlashni bilmagani bois, ularga ahamiyat berishmaydi yoki bilishni hohlashmaydi. Disklarni to’g’ri taqsimlash, ish jarayonini tezlashishiga olib keladi. Bu degani, ish unumdorligi ortadi. Barcha ma’lumotlar qattiq disklarda(razdellarda) saqlangani uchun ularni boshqarish juda muhim.

Disklarni boshqarishga bitta misol ko’ramiz, sizning kompyuteringizda 40Gb lik disk mavjud va u hech qanday razdellar(qismlar)ga bo’linmagan. Barcha ma’lumotlar va operatsion tizim shu diskda joylashgan. Pulingiz ko’payib qoldi va yangi 500 Gb lik vinchester sotib oldingiz. Muammo, yangi vinchesterni eskisiga qo’shish kerak va umumiy holda 540 Gb yagona vinchesterga ega bo’lish lozim(razdellarsiz yagona vinchester kabi). Shu bilan birga ma’lumotlar va operatsion tizim saqlanib qolish lozim. Agar shundoq qo’shib qo’ysangiz, alohida disk bo’lib ko’rinadi, bizga esa yaxlit kerak.

Yuqoridagi misollarga o’xshagan misollarni ko’pini keltirish mumkin. Linux operatsion tizimida disk bilan bog’liq barcha muammolarni ushbu maqola va keyin yozadigan maqolalarni o’qib chiqkaningizdan so’ng hal qilishingiz mumkin bo’ladi. Demak, eng avval disklarni boshqarish uchun ishlatiladigan quyidagi terminlar bilan tanishib chiqing. Maqola davomida terminlarni ingliz tilidagi so’zlarini ishlatishni to’g’ri deb hisobladim.

Fizik tom(angl. physical volume): biror bir qattiq disk(vinchester) yoki vinchesterdagi qismlar(razdellar).

Tom guruhlari (angl. volume group): Bir necha fizik tomlarning yig’indisiga aytiladi. Bu fizik tomlar birgalikda bitta disk ko’rinishida namoyon bo’ladi.

Logik tom (angl. logical volume): disklar yig’indisi natijasida hosil bo’lgan volume group ni, boshqatdan bo’lish natijasida hosil bo’lgan tomlar.

Logical Volume Manager — Logik tomlarni boshqarish. Bu termin yuqoridagi terminlarni yig’indisi shaklida tushuniladi.

e2849611 dars linuxda disklarni boshqarish haqidalvm 65e61f9781c71

Nazariy bilimlarni mukammallashtirishni davom ettiramiz. Yuqoridagi terminlarni tushunish qiyin bo’lgan bo’lishi mumkin, lekin bu disklarni boshqarish qiyin degan fikrga olib kelmasligi lozim. Rasmda ham bu terminlar juda tushunarli qilib yoritilgan.

Linux operatsion tizimida disklarni boshqarish quyidagicha amalga oshirildi:

Dastlab, barcha disklar aniqlashtirib olinadi(kerakli disklar ulanadi) va fdisk komandasi orqali fizik tomlar yaratiladi. So’ng, barcha fizik tomlar bitta volume group ga birlashtiriladi va bitta yaxlit disk shaklida hosil qilib olinadi. Administrator yaxlit volume group ni istaganicha logical volume larga bo’ladi. Qo’pol qilib aytganda, administrator shu mexanizm orqali istalgan hajmdagi vinchesterni hosil qila oladi. Agar, yangi disk qo’shish kerak bo’lsa yoki biror bir disk ishdan chiqsa administrator volume group orqali bu ishlarni amalga oshirishi mumkin bo’ladi. Bu ishlarni keyingi maqolada tushuntirib o’taman.

Operatsion tizim o’rnatilayotganda, tizim disklarni qay tartibda boshqarish kerakligini so’rab oladi, agar administrator bu so’rovga e’tibor bermasa, tizim o’zi disklarni ajratib oladi. Ko’p hollarda tizim, avtomat yangi volume group ochib, shu group da swap razdel ham ochadi va bu volume group ni qolgan joyini ishlatish uchun taqdim etadi, lekin boot loader ni volume group ga qo’shmaydi.

Oxirgi tushuntirib o’tadigan narsam(ba’zilar uchun eslatib o’tadigan narsam) disklarni nomlanishi. Oldin ATA(PATA) ulanishdagi vinchesterlar ommalashgan edi va linux bu disklarni /dev/hda, /dev/hdb, /dev/hdc, /dev/hdd… ko’rinishda foydalanuvchiga taqdim etar edi. Albatta ulanish turiga qarab Primary Master, Primary Slave, Secondary Master,Secondary Slave. Keyin SATA/SCSI disklar chiqdi va tizim ularni /dev/sdX X — harf, disklarni ulanish ketma-ketligi bo’yicha o’zgaradi. Keyinchalik udev nomli disklarni nomlanish texnologiyasi paydo bo’ldi(2.6 yadrodan boshlab) va disklar ulanish turi va raz’yomidan qat’iy nazar /dev/sdX kabi nomlanadigan bo’ldi. Hozirgi kunda barcha linux tizimlar udev texnologiyasi bo’yicha ishlaydi.

Keyingi maqolada, berilgan nazariy ma’lumotlarni amalda ko’rsatib o’taman.

Manba:

Operatsion Tizim
disklarni boshqarish haqida(LVM), №11 dars — Linuxda