21-Startap Miks
21-Startap Miks 26-mart kuni Toshkentdagi Inha Universitetida bo’lib o’tdi. U har doimgidek mazmunli va qiziq, yorqin munozaralarga boy, har qanday futbol matchlaridan yoki spektakldan qiziqroq bo’ldi.
Birinchi ma’ruzani to’qimachilik mahsulotlari bilan savdo qiluvchi Laltienda.uz internet magazini veb-analitiki Munira Begmuratova taqdim etdi. Kutilmaganda zalda to’qimachilik sohasidan xabardorlar borligi aniq bo’ldi va ular ma’ruzachiga to’qimachilik sohasining nozik joylari haqida ma’lumotlar berishdi. Masalan, korxonalar kichik hajmdagi buyurtmalarni qabul qilishmasligi, magazinlarga esa, katta hajmdagi mahsulotlar kerak emasligi ma’lum bo’ldi.
Sotilmay qolgan mahsulotlarni nima qilish kerakligi noma’lum ekanligi, agar buyurtmachi yetgazib berilgan mahsulotdan voz kechsa nima bo’lishi kabi muhim masalalar borligi va ularga yechim topish kerakligi aytib o’tildi. Bundan tashqari, magazinlarni mahalliy sharoitlarga moslash kerakligi taklif etilda va dizaynni Toshkent nomlari bilan bog’lash mumkinligi, masalan, futbolkalarga «Men Qoraqamishni sevaman» kabi yozuvlar yozib chiqarish mumkinligi haqida maslahatlar berildi.
Ikkinchi ma’ruzada, arb.uz dasturidagi yangiliklar haqida Sherzod Nosirov gapirib berdi. Umuman olganda 3 yangilik bor:
1. buyurtmani yetkazib berish. Juda oson va qulay. Sherzod taqdimot vaqtida pitstsa buyurtma qildi va bu buyurtmani 15 daqiqada konfrentsiya bo’layotgan zalga yetkazib berish.
2. Kafe va restoranlarda joy band qilish. Restoranda joy band qilganlar o’rtasida tanlov bo’lib o’tdi va sovg’a Noraga nasib qildi.
Va 3-yangilik. Kafe yoki restoran bo’ylab panorama ko’rinishida sayohat qilish. Telefonni qiya qilgan holda, restoranni shiftini, polini devorlar ko’rinishlarini ko’rish mumkin.
Konfrentsiya dasturi navbatida mavzuli munozaro edi. Unda uchta rahbar(Home Market boshqaruvchisi Xondamir Muslimov, Siymo reklama agentligi boshlig’i Diyor Mirzaahmedov va ATS direktori Aleksandr Utkin) kompaniyani boshqarish usullarini muhokama qilishdi. Ular bir-birlariga va tomoshabinlarga «jarayonli yondashish» usuli haqida ma’lumot berishdi. Kompaniyani boshqarish jarayonida bu usuldan foydalanish kerakmi, yoki yo’qmi, shu haqida o’z fikrlarini bildirishdi.
Keyingi navbatda Ledokol Group rahbari Dilshod Muzaffarov 20-aprelda bo’lib o’tadigan USENET konfrentsiyasi haqida, qanday mehmonlar keladi, qaysi mavzular yoritiladi shu haqida ma’lumotlar berdi. Konfrentsiya mahalliy ma’ruzachilar uchun ikkita bo’linma ko’rinishida bo’ladi. Xalqaro mehmonlar uchun esa bitta butun ko’rinishda bo’lib, unda hamma qatnashchilar qatnashishlari mumkin. To’liqroq ma’lumotni konfrentsiya saytidan bilib olish mumkin.
BRAND.UZ direktori Alisher Yusupov 16-aprelda bo’lib o’tadigan Green Business Platform loyihasi mavzulari bilan hammani tanishtirdi.
Home Market, Siymo reklama agentligi boshlig’i Diyor Mirzaahmedov Adweek.uz marketing va reklama haftaligiga tayyorgarlik haqida ma’lumot berishdi.
Bohodir Ayupov «Dizayn — biznesda o’ylash» — deb nomlangan mavzuda ajoyib taqdimot qildi.
U bergan hamma maslahatlarni slaydda ko’rsatilgan saytdan bilib olishingiz mumkin.
Konfrentsiya so’nggida Yelena Selezneva (BRAND.UZ menedjeri) yangi loyiha yaratishda biznes reja tayyorlash kerak emasligi, loyiha uchun biznes model yaratish qanchalik zarurligini tushuntirdi.
Keyingi Startap Miks may oyida bo’lib o’tadi.
Manba:
Startup
21-Startap Miks