npm juda oson va juda qulay! #1
Node.jsda maqolalarni davom etishdan oldin avval npmda ishlashni o’rganib olishimiz kerak bo’ladi.
npm — Node Package Manager. O’z nomi bilan aytib turibdiki bu Node.js uchun paketlar boshqarish uchun yaratilgan uskuna. Ko’plab yog’e barcha Node.js paketlar npmda saqlanadi va hamma paketlar npm orqali o’rnatiladi. npmning rasmniy sayti www.npmjs.comda hamma paketlar haqida ma’lumotlar boshqa imkoniyatlar mavjud.
npmdan foydalanish uchun siz hech narsa o’rnatishingiz kerak emas, chunki u Node.js bilan birgalikda o’rnatiladi. Aytib o’tay npmda GUI umuman yo’q, u bilan faqat CLI ko’rinishda ishlaysiz.
Paket o’rnatish uchun loyihangizning papkasiga terminaldan kirishingiz kerak, chunki o’rnatilgan barcha paketlar loyihaning ichidagi node_modules papkasiga o’rnatiladi.
Asosiy buyruqlar:
npmda loyiha yaratish uchun:
$ npm init
npmda loyiha yaratilganda loyihaning ma’lumotlarini kiritish kerak bo’ladi. shundan keyin
package.json faylida loyiha haqida barcha ma’lumotlar va loyiha ishlashi uchun kerak bo’ladigan barcha paketlar ro’yxati saqlanib qo’linadi
npmdan biron bir paket o’rnatish uchun:
$ npm install
agar package.json faylida paket saqlanib qolinishini hohlasangiz —save qo’shish kerak. Masalan
$ npm install--save
shunda loyihaning paketlar ro’yxatida saqlanib qo’linadi va uni npm install orqali o’rnatsa bo’ladi. Keyin —save-dev ham bor. Bu asosan development ya’ni dasturlash paytida ishlatish kerak bo’ladigan paketlar saqlanadi.
Barcha o’zimizga kerakli paketlarni o’rnatib bo’lganimizdan so’ng package.jsonda, loyihamiz uchun barcha kerakli paketlar ro’yxati ko’rsatilgan bo’ladi. Uni boshqa dasturchi olib
npm install buyrug’ini bajarsa barcha kerakli paketlarni package.jsonga qarab o’rnatib beradi. Masalan mana buni json ma’lumotlarni package.json fayliga yozib:
{ "name": "myproject", "version": "0.0.1", "description": "mening nodejsdagi paketim", "main": "module.js", "scripts": { "test": "" }, "keywords": [ "node", "texnoman" ], "author": "Farrukh Mamatkhalilov", "license": "MIT", "dependencies": { "express": "^4.13.4", "uuid": "^2.0.2" } }
va
npm install buyrug’ini bajarsangiz npm sizga express va uuid paketlarini ko’chirib beradi va paketlar node_modules papkasiga tushadi.
npm o’rnatilgan barcha paketlarni require orqali ishlatsa bo’ladi. Masalan uuid paketni ishlatib ko’ramiz:
var uuid = require('uuid'); // uuid paketning ichidagi v4() funksiyasini ishlatamiz console.log(uuid.v4());
shunda npm orqali o’rnatilgan uuid paketini ishlata olamiz.
O’rnatilgan paketlarni yangilash uchun:
$ npm update
Paketni o’chirib tashlash uchun:
$ npm uninstall
Hozircha shular! Keyingi maqolalada esa yanada ko’proq ma’lumotlar va o’zimizni paketni npmga qo’yishni o’rganamiz
Umumiy Dasturlash
npm juda oson va juda qulay! #1