«Hangouts»ning Android talqinida video yuborish imkoniyati paydo bo’ldi

«Hangouts»ning Android talqinida video yuborish imkoniyati paydo bo’ldi

hangoutsning android talqinida video yuborish imkoniyati paydo boldi 65e61c6cdea90

Google kompaniyasi messenjeri hisoblangan Hagouts ning Android uchun yangi talqinida juda uzoq kutilgan video yuborish amali paydo bo’ldi. Ma’lumot o’rnida ushbu qulaylik dasturning iOS uchun mo’ljallangan talqinida 2014-yilning boshida paydo bo’lgan edi. Har bir Video rolikning davomiyligi 1 daqiqagacha bo’lib, uni Hangouts dasturida to’g’ridan-to’g’ri yozishingiz yoki avvaldan mavjud bo’lgan turini yuborishingiz mumkin. Shuningdek, dasturning iOS talqinida yaqin vaqtlargacha video rolik yuborish amalidan sifati 360p va 10 soniyadan ortmagan videolargina foydalana olar edi. Android uchun mo’ljallangan dasturda esa, sifati 1080p gacha bo’lgan videolarni ham yuborish imkoniyati mavjud. Tez orada «tishlangan olma» foydalanuvchilaridagi noqulayliklar ham bartaraf etilishi kutilmoqda.

hangoutsning android talqinida video yuborish imkoniyati paydo boldi 65e61c6e6e8ff

Video yuborish tugmachasi huddi boshqa tugmalar singari chatning quyi qismida kamera, rasm yuborish, stikerlar qatorida joylashgan.

Android moslamasi foydalanuvchilari Hangouts dasturini Google Play dan yoki ushbu havoladan yangi talqinini ko’chirib olishlari mumkin.

Yangiliklar
«Hangouts»ning Android talqinida video yuborish imkoniyati paydo bo’ldi