5-dars — Javada o’zgaruvchilar va ma’lumot turlari.
O’zgaruvchi – xotiradan ajratilgan, himoyalangan maydon nomidir.
Oddiy qilib tushuntiradigan bo’lsak, o’zgaruvchi – ma’lum bir turdagi ma’lumotni o’zida saqlovchi va o’lchami chegaralangan idish. Tushunarliroq bo’lishi uchun bir ikkita hayotiy misollar keltiramiz: meva solish uchun tayyorlangan savatga suv sola olmaymiz o’zgaruvchilar ham shunday bir turdagi o’zgaruvchi uchun ajratilgan joyga boshqa turdagi o’zgaruvchini saqlay olmaymiz.
4 litrlik idishga 5 litr suv quya olmaymiz, chunki idishga 4 litr suv sig’adi. O’z-o’zidan kelib chiqadiki, 5 litrlik suvni saqlash uchun kattaroq idish tanlashimiz kerak. O’zgaruvchilar ham shunday ma’lumotning o’lchami xotiradan ajratilgan joydan oshib ketsa dasturda xatolik yuz beradi.
5 baytlik butun sonni ma’lumot turi int bo’lgan o’zgaruvchiga saqlay olmaymiz, chunki int = 4 bayt. Bu turdagi ma’lumotni saqlash uchun long dan foydalanamiz.
Types of Variable – o’zgaruvchi turlari
Javada 3 ta o’zgaruvchilar turi mavjud:
- local variable
- instance variable
- static variable
- local variable – funksiya ichida e’lon qilinadi va bu o’zgaruvchilar lokal (mahalliy) o’zgaruvchilar deyiladi.
- instance variable – class ichida e’lon qilinadi
- static variable – static deb e’lon qilingan o’zgaruvchi static o’zgaruvchi deyiladi. Bu local(mahalliy) bo’lishi mumkin emas.
Misol uchun:
class A { int data=50; //instance variable static int m=100; //static variable void method() { int n=90; //local variable } } //endof
Javada ma’lumot turlari (data types)
Javada ma’lumot turlari 2 ta:
- Sodda (primitive )
- Sodda bo’lmagan (non primitive)
ularning oraliq qiymatlari
Quyidagi misolda ham o’zingiz ko’rishingiz mumkin:
public class Varibles { public static void main(String[] args) { System.out.println(Character.SIZE / 8 + " byte"); System.out.println(Byte.SIZE / 8 + " byte"); System.out.println(Short.SIZE / 8 + " byte"); System.out.println(Integer.SIZE / 8 + " byte"); System.out.println(Long.SIZE / 8 + " byte"); System.out.println(Float.SIZE / 8 + " byte"); System.out.println(Double.SIZE / 8 + " byte"); } }
Manba:
Umumiy Dasturlash
5-dars — Javada o’zgaruvchilar va ma’lumot turlari.