“MIT.UZ Programming contest 2016” tanlovining g‘oliblari aniqlandi
Joriy yilning 10 dekabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Kamolot» YoIH, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida «MIT.UZ Programming contest 2016» dasturlash musobaqasi o’tkazildi.
Tashkil etilgan musobaqa 55 ta jamoa ishtirok etdi. Bu jamoalar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi INHA universiteti talabalari va mustaqil dasturchilar ishtirok etdi. Dasturchilarga qiyinlik darajasi ketma-ket tarzda o’zbek, rus va ingliz tillarida tuzilgan masalalar qo’yildi. Musobaqa acm.tuit.uz saytida oylayn rejimda 4 soat davom etdi.
Marhamat, g’olib jamoalar bilan tanishing:
1-o’rin – «Masters» jamoasi, jamoa ishtirokchilari Xojiyev Sunnatillo Nasritdin o’g’li, Temirov Zavqitdin Xuseyn o’g’li, Qodirov Zarif Zafarovich (10 ta masaladan 9 tasini ishlashga muvaffaq bo’ldi);
2-o’rin – «Tashkent U of IT 1» jamoasi, jamoa ishtirokchilari Abdukarimov Sirojiddin Sayfutdin o’g’li, Islomov Nodirbek Erkin o’g’li, Ismoilov Isfandiyor Iskandarovich (10 ta masaladan 8 tasini ishlashga muvaffaq bo’ldi);
3-o’rin – «TUIT 01» jamoasi, jamoa ishtirokchilari Toshkanov Adham Asqarovich, Samadov Siroj Ziyodullo o’g’li, Bozorboyev Ag’abek Ilyosbek o’g’li (10 ta masaladan 7 tasini ishlashga muvaffaq bo’ldi);
Eslatib o’tamiz, Musoboqa g’oliblari taqdirlash marosimi joriy yilning 17 dekabr kuni soat 15:00da Toshkent shahridagi «Yoshlar ijod saroyi»da «MIT.uz» – Milliy internet tanlovi g’oliblarining taqdirlash kuni bo’lib o’tadi. G’oliblarga birinchi, ikkinchi va uchunchi darajali diplomlar va noutbuk bilan taqdirlanadilar.
«Kamolot» YIH Markaziy Kengashi
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo’limi
Manba:
Yangiliklar
“MIT.UZ Programming contest 2016” tanlovining g‘oliblari aniqlandi