O’zbekistonda AKT rivojlanishida o’z hissamizni qo’shaylik!?
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi saytida AKT sohasida qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, sohada faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkorlik va biznes subyektlari o’z faoliyatlarida duch kelayotgan muammolarni vaqtida aniqlash, byurokratik to’siqlarning oldini olish yuzasidan taklif va fikr-mulohazalarini o’rganish maqsadida so’rovnoma e’lon qildi. Ushbu so’rovnomada:
1. Telekommunikatsiya (aloqa tarmoqlari, mobil aloqa, raqamli televideniye);
2. Pochta aloqasi;
3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari («elektron hukumat», dasturiy ta’minot);
4. Axborot xavfsizligi;
5. AKT sohasida kadrlar tayyorlash
va boshqa yo’nalishlar bo’yicha hozirgi kunda O’zbekistonda AKT sohasini rivojlanishi va unda faoliyat olib borish uchun to’sqinlik qilayotgan muommolarni aniqlash, bartaraf etish uchun, hamda, soha rivojlanishi uchun qanday harakatlar(qonun, buyruq va qarorlar qabul qilinishi yoki boshqa zaruriy choralar) olib borilishi kerakligi haqida o’z taklif va fikrlaringizni bildirishingiz mumkin.
Marhamat, ushbu so’rovnomada qatnashing, va Siz uchun yechilishi muhim bo’lgan dolzarb masala va muommolarni ko’rsating, ularni bartaraf etish bo’yicha o’z takliflaringizni bildiring!
Umid qilamizki, ushbu so’rovnoma natijalari inobatga olinadi va uning yordamida yurtimizda AKT sohasi yanada rivojlanishi uchun zaruriy qonun, buyruq va qarorlar qabul qilinadi!
Yangiliklar
O’zbekistonda AKT rivojlanishida o’z hissamizni qo’shaylik!?