Mobicon 2017 — mobil texnologiyalar va marketing konferensiyasi
2017-yil 27-sentabr kuni 9:00 dan 17:00 gacha Toshkentda International Hotel Tashkent mehmonxonasida an’anaviy Mobicon 2017 mobil texnologiyalar va marketing konferensiyasi bo’lib o’tadi. Bu galgi konferensiyada Beeline Uzbekistan, Yandeks va Odnoklassniki.ru, UFOX Belarus SMM-agentligi kabi mashhur kompaniyalarning mutaxassislari chiqishlar qilishadi. O’zbekistonda birinchi marotaba Google’ning Irlandiyalik Abdulla Aydin ham ishtirok etadi. U global dasturlar menedjeri bo’lib, Google Adwords bilan ishlashda uning sir-sinoatlaridan to’g’ri foydalanish haqida gapirib beradi.
Qo’shni Qozog’istondan ikkita mehmon taklif qilingan, Select Communication Group rahbari Viktor Yeliseyev va Qozog’iston Internet Biznes va Mobil Tijorat Assotsiatsiya Prezidenti Konstantin Gorojankin ham qatnashadi. Konferensiyada umumiy hisobda 20 dan ortiq spikerlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Tadbir mavzulari:
- smartfonlar va cho’ntak qurilmalari;
- virtual haqiqiylik;
- mobil texnologiyalar va telekommunikatsiya;
- mobil-trend;
- mobil marketing va reklama;
- reklama monitoringgi va bozorni o’lchash;
- mahalliy mobil xizmatlar;
- messendjerlar va chatbotlar;
- mobil kontentOAV;
- mobil tijorat.
Tadbir tashkilotchisi Ledokol Group, bosh homiy Beeline Uzbekistan. Konferensiya O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy qo’llab-quvvatlashi asosida tashkil etilmoqda. Bosh axborot-homiy Yandeks kompaniyasi. Mobicon 2017 homiylari: CLICK, Alissium va IMG kompaniyalari.
Mobicon 2017 konferensiyasi 9:00 da boshlanadi va 17:00 o’z nihoyasiga yetadi. Tadbirda qatnashish ixtiyoriy va bepul bo’lib, qatnashishni istaganlar konferensiyaning rasmiy saytida oldin ro’yxatdan o’tishlari kerak bo’ladi. Ishtirokchilar soni cheklangan!!!
Tadbir rasmiy sayti: mobicon.uz.
Tadbir o’tkaziladigan joy: International Hotel Tashkent.
Sana: 2017-yil 27-sentabr 9:00 dan 17:00 gacha.
Yangiliklar
Mobicon 2017 — mobil texnologiyalar va marketing konferensiyasi