Texnoman.uz iyul oyi #2 tanlovi
Assalom alaykum.
Texnoman.uz‘dan iyul oyi uchun navbatdagi yangi tanlov! 3-iyuldan 3-avgustgacha texnoman.uz saytida maqola yozing va pul mukofoti yutib oling. Maqola texnoman.uz sayti qoidalariga mos kelishi, «Maqola turi» «Yangi» yoki «Tarjima» bo’lishi va unda «texnomaniyultanlov» va «texnomantanlov» teglari ishlatilinishi kerak. Bir foydalanuvchi bir nechta maqola yozishi va bu maqolalarning har biri tanlovda alohida qatnashishi mumkin va bunda har bir maqola uchun alohida ovoz beriladi. Ovoz berish jarayoni 4-avgustdan 9-avgustgacha texnoman.uz’ning telegram kanalida bo’lib o’tadi. 9-avgust soat 23:59 holatiga ko’ra, eng ko’p ovoz to’plagan 3 ta maqola mualliflariga pul mukofotlari o’tkazib beriladi(ularga qulay bo’lgan usulda)!
O’tgan tanlovda bir g’olib mukofotni olishni istashmagan, tanlovda qatnashishdan maqsad sovrin yutish emasligi ta’kidlashgan edi. Yana bir g’olib esa, Texnoman.uz ma’muriyati bilan bog’lanishmadi(biz kutdik!). Shu sababli, bu galgi tanlov mukofotlari ko’tarildi. Va umumiy mukofotlar jamg’armasi 210.000 so’mga yetdi!
Pul mukofotlari:
1-o’rin — 80.000 so’m;
2-o’rin — 70.000 so’m;
3-o’rin — 60.000 so’m.
Qo’shimcha takliflar va mulohazalar bo’yicha fikr bildirishingiz mumkin.
Kutilmagan muommolar yuz berganda, Texnoman.uz ma’muriyati, tanlov qoidalarini o’zgartirish yoki tanlovni bekor qilish huquqini o’zida saqlab qoladi!
Tanlov facebookda.
Boshqalar
Texnoman.uz iyul oyi #2 tanlovi