GitHub – dasturchilar va dasturiy ta’minotlar olami

GitHub – dasturchilar va dasturiy ta’minotlar olami

GitHub – dasturchilar va dasturiy ta'minotlar olami

GitHub – ishlab chiqish platformasi bo’lib, dasturiy ta’minot yaratuvchilarining birgalikda ishlashi va dasturlar talqinlarini boshqarish uchun mo’ljallangan eng yirik veb servis hisoblanadi. U 2008-yilda ishga tushirilgan.

GitHub orqali ochiq kodli dasturiy ta’minotning manba kodlarini joylashtirish, joylashtirilganlarini ko’rish, loyihalarni boshqarish va millionlab dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar bilan birgalikda dasturiy ta’minot yaratish mumkin.

Servis imkoniyatlaridan foydalanish uchun foydalanuvchidan internet tarmog’i, ro’yxatdan o’tish va ma’lum darajada ingliz tilini bilish talab etiladi. Foydalanish bo’yicha barcha yo’riqnomalar
guides.github.com saytiga joylashtirilgan.

github dasturchilar va dasturiy taminotlar olami 65e6113080ad9

GitHub servisiga o’xshash BitBucket, Microsoft Team Foundation Server kabi bir qator servislar mavjud. Agarda siz o’z loyihangizni ko’p sonli insonlar ko’rishini istasangiz, servisdagi foydalanuvchilar soni muhim ahamiyat kasb etadi. 2018-yilga kelib GitHub servisining foydalanuvchilari soni 28 milliondan oshdi.

Quyida servisdan foydalanishning ba’zi afzalliklari keltirilgan.

1. Sizning loyihangizni ko’plab insonlar tomonidan tahlil qilinishi

Agarda siz o’z loyihangizni GitHub servisiga joylasangiz, ko’plab dasturchilar va havaskorlar sizning loyihangizni yuklab olishi, baholashi, loyihangizda mavjud bo’lgan dasturiy ta’minotga o’zgartirishlar kiritishni va takomillashtirishni taklif etishi mumkin. Bu shuni bildiradiki, ko’plab insonlar sizga yuzaga kelishi mumkin bo’lgan, kutilmagan muammolarni hal etishni uddasidan chiqish imkoniyatini berishadi.

2. Birgalikda foydalanish va talqinlardagi barcha o’zgarishlarni kuzatib borish imkoniyati

Ma’lumki, dasturiy ta’minotning yangi talqinlarini ishlab chiqish maqsadida amalga oshiriladigan har bir o’zgarish va qo’shimchalar katta ahamiyatga ega. Servis amalga oshirilgan har bir o’zgarishlar, yangi kiritilgan qo’shimchalar, shuningdek, dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda qo’llanilgan fayllarning avvalgi va hozirgi paytdagi o’zgarishlari farqini aniq ko’rsata oladi.

3. Integratsiyalashning bir qancha usullaridan foydalanish

GitHub keng tarqalgan Amazon, Google Cloud, Code Climate kabi platformalar bilan integratsiyalasha oladi.

4. Dasturiy ta’minot omborlarining trendini kuzatib borish

Microsoft, Google, Facebook va boshqa dunyoning yetakchi kompaniyalari, dasturchilar va tashkilotlar o’zlarining ochiq kodli dasturiy ta’minotlarini GitHub servisiga joylab borishadi. Ko’plab foydalanuvchilar qiziqish bildirgan dasturiy ta’minotlar omborlarini GitHub servisining
github.com/trending sahifasida kuzatib borish mumkin.

5. Ishlab chiqish va boshqarish strategiyasini amalga oshirish

Balki siz bir vaqtning o’zida bir qancha loyihalar bilan ishlarsiz va ularning aksariyati turli maskanlarda, hatto turli mamlakatlarda ham bo’lishi mumkin. GitHub servisining loyihalar bilan birgalikda ishlash imkoniyatidan foydalangan holda turli xodimlar uchun birgalikda ishlash tizimini yaratish mumkin.

Bular hammasi emas, servis ko’plab imkoniyatlarga ega.

Xulosa qilib aytganda, GitHub servisidan ochiq kodli dasturiy ta’minotni nafaqat ishlab chiqish jarayonida, balki uni takomillashtirishda ham samarali foydalanish mumkin.

Umumiy Dasturlash
GitHub – dasturchilar va dasturiy ta’minotlar olami