Linux Mint distributivida Canon i-SENSYS LBP seriyadagi printer drayverini o’rnatish

Linux Mint distributivida Canon i-SENSYS LBP seriyadagi printer drayverini o’rnatish

Linux Mint distributivida Canon i-SENSYS LBP seriyadagi printer drayverini o'rnatish

Canon i-SENSYS LBP seriyadagi printerlar mamlakatimizda mashhur bo’lib ofislarda juda keng qo’llaniladi. Linux uchun printer drayverlari o’rnatish diskida bo’lmaydi, ularni
Canon saytidan yuklab olish mumkin. Ammo drayverlar o’rnatish jarayonini avtomatlashtiradigan skriptdan foydalanish ancha osonroq. Bundan tashqari, barcha kerakli bo’lgan fayllar TAS-IX (FileCloud) dan yuklab olinadi. Skriptdagi drayver quyidagi printer modellari bilan ishlaydi: LBP-1120, LBP-1210, LBP2900, LBP3000, LBP3010/LBP3018/LBP3050, LBP3150/LBP3108/LBP3100, LBP3200, LBP3250, LBP3300, LBP3310, LBP3500, LBP5000, LBP5050 series, LBP5100, LBP5300, LBP6000/6018, LBP6020, LBP6200, LBP6300n, LBP6300dn, LBP6310dn, LBP7010C/7018C, LBP7200C series, LBP7210Cdn, LBP9100Cdn. Avvalo arxivni yuklab olib uni ochish kerak.

linux mint distributivida canon i sensys lbp seriyadagi printer drayverini ornatish 65e610e259063

Keyin canon_lbp_setup.sh faylida sichqonchaning o’ng tugmasini bosamiz va Xususiyatlar (Свойства) bandini tanlaymiz. Huquqlar (Права) oynasida Ijro etish: Dastur sifatida ijro etishga ruxsat berish (Выполнение: Разрешить использовать как программу) bandini belgilaymiz.

linux mint distributivida canon i sensys lbp seriyadagi printer drayverini ornatish 65e610e2c7012

Keyin esa canon_lbp_setup.sh faylini ikki marta bosish kerak. Faylni ochish yoki ishga tushirish variantlari bilan oyna ko’rsatiladi.

linux mint distributivida canon i sensys lbp seriyadagi printer drayverini ornatish 65e610e349828

Terminalda ishga tushirish (Запустить в терминале) variantini tanlaymiz. Skript terminal oynasida ishga tushiriladi.

linux mint distributivida canon i sensys lbp seriyadagi printer drayverini ornatish 65e610e3ad513

Keyin faqat taklif qilingan variantlardan birini tanlash va ko’rsatmalarga diqqat bilan rioya qilish lozim. O’rnatgandan so’ng printer system-config-printer dasturining ro’yxatida paydo bo’ladi.

linux mint distributivida canon i sensys lbp seriyadagi printer drayverini ornatish 65e610e464082

Printer holatini kuzatish uchun captstatusui dasturi yordam beradi.

linux mint distributivida canon i sensys lbp seriyadagi printer drayverini ornatish 65e610e4bf307

Manba:

Operatsion Tizim
Linux Mint distributivida Canon i-SENSYS LBP seriyadagi printer drayverini o’rnatish