Texnoman.uz sentabr oyi #3 tanlovi

Texnoman.uz sentabr oyi #3 tanlovi

Texnoman.uz sentabr oyi #3 tanlovi

Assalom alaykum.

Texnoman.uz‘dan sentabr oyi uchun navbatdagi yangi tanlov! 8-sentabrdan 8-oktabrgacha texnoman.uz saytida maqola yozing va pul mukofoti yutib oling. Maqola texnoman.uz sayti qoidalariga mos kelishi, «Maqola turi» «Yangi» yoki «Tarjima» bo’lishi va unda «texnomansentabrtanlov» va «texnomantanlov» teglari ishlatilinishi kerak. Bir foydalanuvchi bir nechta maqola yozishi va bu maqolalarning har biri tanlovda alohida qatnashishi mumkin va bunda har bir maqola uchun alohida ovoz beriladi. Ovoz berish jarayoni 9-oktabrdan 14-oktabrgacha bo’lib o’tadi. 14-oktabr soat 23:59 holatiga ko’ra, eng ko’p ovoz to’plagan 3 ta maqola mualliflariga pul mukofotlari o’tkazib beriladi(ularga qulay bo’lgan usulda)!

Pul mukofotlari:

1-o’rin — 50.000 so’m;

2-o’rin — 40.000 so’m;

3-o’rin — 30.000 so’m.

Qo’shimcha takliflar va mulohazalar bo’yicha fikr bildirishingiz mumkin.

Kutilmagan muommolar yuz berganda, Texnoman.uz ma’muriyati, tanlov qoidalarini o’zgartirish yoki tanlovni bekor qilish huquqini o’zida saqlab qoladi!

Boshqalar
Texnoman.uz sentabr oyi #3 tanlovi