Bayram torti

Bayram torti

Bayram torti

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur mahsulotlar: korj uchun: 300 gr. un, 3 dona tuxum, 300 gr. smetana, 130 gr. shakar, pishiriq soda, 1 osh qoshiq kakao. Kremi uchun: 850 gr. smetana, 200 gr. shakar kukuni, 250 gr. mayiz, 200 gr. yong‘oq, 100 gr. jelatin kerak bo‘ladi.

8 mart

Tayyorlanishi: aloxida idishga tuxumlarni chaqib mikser yordamida ko‘pirtiriladi. So‘ngra asta-sekinlik bilan shakar, smetana, un va soda solib ko‘pirtirishda adavom etiladi. Massani ikkiga ajratib  birinchi massani listga solib gaz pechiga 190 daraja 15 daqiqaga qo‘yiladi. Ikkinchi massaga kakao qo‘shiladi. Birinchi korjik pishgandan so‘ng ikkinchi korjik pishiriladi. Korjik pishgunga qadar kremni tayyorlab olinadi.

Idishga smetana va shakar solib mikser yordamida ko‘pirtiriladi. Mayizni 10 daqiqaga issiq suvga solib qo‘yilib sochiq orasida silqitiladi. Endi tortni bezatishga o‘tiladi. Birinchi va ikkinchi korjiklar ikkiga ajratiladi. Birinchi korjik qo‘yilib ustiga krem surtilib ustidan yong‘oq va mayiz sepiladi. So‘ngra ikkinchi korjik qo‘yib uning ham ustidan krem va yong‘oq, mayiz sepiladi. Shu ketma-ketlikda korjiklar qo‘yib chiqiladi. Tort ustini o‘z xoxishingizga ko‘ra bezatishingiz mumkin. Bayram torti juda shirin va chiroyli chiqadi. Bayramga juda ajoyib sovg‘a bo‘la oladi.

BEGOYIM

soglom.uz/tavsiya/bayram-torti/

Bayram torti