Junior Developer — emasman!
Aniqroq va lo’ndaroq qilib aytsam o’zingizni hech qachon JUNIOR Developer deb tanishtirmang. Ishga kirayotgan vaqtingiz yoki kirmoqchi bo’lgan damlarda Junior developer deb CV, resume, email yoki LinkedIn profilingizga aslo va aslo qo’ya ko’rmang.
Agar siz junior developer man deb dunyoga e’lon qilsangiz, IT kompaniyalari e’loningizni quyidagicha talqin qilishadi «Salom, men dasturchi bo’lishni juda ham xohlayman, va ishga kirishni maqsad qilib qo’ydim. Hozircha men bu sohada chaqaloqman, ammo iltimos, iltimos, iltimos meni ishga olishlaringizni chin yurakdan xohlayman. Ha, aytgandek, menga kompaniyada ishlaydigan senior dasturchilardan ko’p yordam kerak!» (most probably you will not get hired)
Unutmaslik kerakki,siz taqdim qilayotgan resume, CVda birinchi taasurot zo’r bo’lishi kerak. Ish beruvchi sizni ishga olishni xohlashi kerak. O’zingizni intermediate yoki middle developer man deb tanishtirishdan hech ham cho’chimang.
Men junior dasturchiman!… (Oh shit).. deb aytdingiz. Balki middle developer bo’lishingiz uchun sizga ozroq vaqt kerakdir. Va ishga kirishingiz, muvaffaqiyatga erishishingiz uchun ham ko’p emas ozroq vaqt kerakdir. O’zingiz ko’zlagan ishga ega bo’la olishingiz uchun, faqat kerakli mahoratlarni o’rganishingiz kerak. O’zingiz ustingizda ishlashingiz kerak. Shundagina siz o’zingizni «JUNIOR» developer man demaysiz.
Xo’p qanday qilib men junior yoki middle ekanligimni bilaman? Sizda doimo o’zingizni ichingizdan qiynaydigan bir tuyg’u bo’ladi, bu hammada bo’ladi. Har bir dasturchida bo’ladi. Nima deng? «Men boshqalardan ko’ra yaxshi emasman, boshqalar mendan ko’proq narsani biladi, ular yaxshi, men esa yo’q» Bu imposter sindromi(синдром самозванца) deyiladi (bu haqida ham bir maqola qilamiz IA).
Keling sizni junior yoki middle developer ekanligingizni test qilib ko’ramiz.
- Oilangizdan biror kishiga internet qanday ishlashi haqida tushuntirib bera olasizmi? Ha, albatta bundan osoni bor ekanmi!?
- Boshlang’ich HTML, CSS va Javascriptni bilasizni?
- Web sayt tuza olasizmi, oddiy bo’lsada?
- Ozroq SASS, JQuery yoki Reactdan xabardormisiz?
- GitHubda bir ikki ko’rsatadigan loyihangiz bormi? Ha unda yaxshi, siz JUNIOR developer emas ekansiz :). Xursand bo’lavering!
Ammo menga hoziroq ish kerak, o’z ustimda ishlashim kerak. To’xtang! Agar o’zingiz ustingizda ishlashni, kelajakda yaxshi dasturchi bo’lishni istasangiz, juniorlardek fikrlashdan, middlega. Middlelardek fikrlashdan Senior dasturchilardek fikralashga o’ting. Masalan, bir korxonani WordPressda qilingan web safiasini update qilishdan ko’ra, kundalik haqiqiy loyihalar ustida ishlashingiz sizga ko’proq foyda, muvaffaqiyat keltiradi. Albatta, WordPressni update qilib turish, uni qanday ishlashini nazorat qilib turish — web dasturchi bo’ldingiz degani emas.
Agarda siz junior dasturchi bo’lib ishga kirishni xohlasangiz: Junior dasturchi bo’lib ishga kirasiz, va junior dasturchi bo’lib kun kechiraverasiz.
Agarda siz Intermediate dasturchi bo’lib ishga kirsangiz. Siz Middle developer bo’lib yanada ko’proq rivojlanaverasiz. Yillar o’tgach senior ham bo’lasiz.
O’zingizni mehnatingizni va qadringizni narxini past baholamang!
Ko’proq loyihalar ustida ishlang va hayotda qo’lingizdan nima kelishini o’z loyihalaringiz bilan IT bozorida isbotlang.
Keyingi maqolamiz. 2019 yilda qanday qilib dasturchi bo’lib ishga kirish mumkinligi, va imposter sindromi haqida bo’ladi.
Manba:
Ta‘lim
Junior Developer — emasman!