PHP ga kirish 3-qism
Array(to’plam)larni bir-biriga yelimlangan qutilar deb tasavvur qilish mumkin. Masalan, biz besh kishidan iborat o’yinchilar nomlarini $jamoa deb atalgan to’plamga joylaymiz. Buning uchun ularning nomlarini alohida-alohida yozib, o’z qutisiga joylash kerak:
$jamoa = array( 'Eldor' , 'Odil' , 'Sanjar' , 'Farhod' );
Arraylarni hosil qiluvchi kod — array(); Undagi stringlar tutuq belgisi bilan qoplangan. To’rtinchi raqamda kim o’ynashini bilish uchun:
echo $jamoa[3]; // Farhod ismini namoyish qiladi
To’plamda sanash 0(nol)dan boshlanadi. Shu tufayli yuqoridagi kodda 0 raqamida Eldor ismi joylashgan. To’plamlar bilan juda ko’p ishlarni amalga oshirish mumkin. Arraylar bir, ikki yoki undan ko’p o’lchamli bo’lishi mumkin. Ikki o’lchamli arraylarga misol keltirish uchun 3×3 bo’lmalardan iborat «x va 0″(iks va nol) yo’laklarini yasab ko’ramiz. Uni yasash uchun 9 ta quti 3 qator va 3 ustun qilib ustma-ust hamda yonma-yon joylashtiriladi. Har bir yurishdan keyin qog’ozga «x» yoki «0» deb yozib kerakli qutilarga joylang. Buning uchun:
Ancha murakkab nuqtalarga ham keldik:
echo $oxo[1] [2];
Bu kodda [1] ikkinchi to’plamni va [2] esa to’plamdagi ‘x’ ni bildirib, yuqoridagi kod x ni ekranga chiqaradi. To’plamlarni shu uslubda xohlagancha kengaytirishingiz mumkin.
PHP da variablelar yaratishning 4 qoidasi mavjud:
1. Variable ismlarini alifbodagi biror harf yoki «_» dan boshlanishi kerak.
2. Variable ismlari a-z, A-Z, 0-9 dan iborat bo’lishi kerak.
3. Variable ismlarini yozishda bo’sh joy qoldirilmaydi. Agar ular bir so’zdan ortiq bo’lsa, so’zlar «_»(tagchiziq) bilan ajratiladi: $foydalanuvchi_ismi.
4. Variable nomlari holatga nisbatan juda sezuvchan. $Yuqori_Natija variablesi $yuqori_natija bilan bir xil emas.
Operatorlar matematik, string, taqqoslash va mantiqiy buyruqlar: qo’shish, ayirish, ko’paytiruv va bo’lishdan biri bo’lishi mumkin. Quyidagi kod natijasi 8 soni:
echo 6 + 2;
+ qo’shish;
— ayirish;
/ bo’lish;
* ko’paytirish;
% foizlar;
++ bittaga ortish;
— — bittaga kamayish;
Boshqalar
PHP ga kirish 3-qism