Behi ekish va parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar

Behi ekish va parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar

Behi ekish va parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar

Mundarija скрыть
Behi ekish va parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Ekish uchun tavsiya etiladigan behi navlari: Izobilnaya, Samarkandskaya krupnoplodnaya va h. k.
behi
Ko‘chatlarni ekishga tayyorlash va ekish. Ko‘chatlarni ekishga tayyorlashda avvalo, tomorqa maydonida suvning yurishi hisobga olinib, yer yaxshi tekislanadi. Maydonning har kvadrat metrga 6–10 kg go‘ng, chirindi, 200–250 g fosfor, 100–120 g kaliy va 150–200 g ammoniyli azot o‘g‘iti solinib, chuqur (25–30 sm) haydaladi.
Behi 3×3 m sxemada kuzda – noyabr oyida, erta bahorda esa fevralning oxiri-mart oyi boshlarid ekiladi.
Ko‘chat ekish uchun chuqurligi va kengligi 60×60 sm bo‘lgan chuqurchalar kovlanadi. Chuqur qazishda tuproq ustki qismini 20–25 sm qatlami o‘raning bir tomoniga, qolgan qismi ikkinchi tomonga olib qo‘yiladi. O‘raga 350–400 g fosfor, 30–40 g kaliy o‘g‘iti hamda 8–10 kg chirigan go‘ngni tuproq bilan aralashtirib solib, keyin ko‘chat ekiladi. Ko‘chatni ekishdan oldindan tayyorlab qo‘yilgan shaltoqqa (yangi mol go‘ngi tuproq bilan 1:1 nisbatda aralashtirilib, qaymoqsimon massa tayyorlanadi) botirib olish lozim.
Ko‘chat o‘raga tik holda qo‘yilib, tuproq bilan ko‘miladi. Ko‘chatni payvand qilingan joyi tuproqdan 4–5 sm yuqorida qolishi kerak. Ko‘chat ekilgandan so‘ng har bir chuqurga to‘latib suv quyiladi. Shunda tuproq zichlanib, nihol yaxshi ko‘karadi. Tuproq cho‘kkandan so‘ng ko‘chat atrofiga yangi tuproq solib, to‘ldiriladi. Ko‘chatlar tuproqning namligiga qarab vaqti-vaqti bilan sug‘orib turiladi.
Tomorqa maydoni 0,03 ga bo‘lsa, ushbu maydonning quyosh tushadigan sharqdan janubga qaragan tomoniga behi navlaridan 1–2 tupdan ekish tavsiya qilinadi. Tomorqa maydoni 0,06 ga bo‘lsa, yarmiga sabzavot ekinlari, qolgan qismiga esa mevali daraxtlar, 0,10 ga bo‘lganda sabzavot uchun maydon qoldirib, qolgan kattaroq qismiga mevali ko‘chatlarni joylashtirish mumkin.
Parvarishlash. Daraxtlarga bahorda yarusli (qavatli) qilib shakl beriladi. Bunda daraxtning birinchi qavatida 3–4 dona asosiy shox qoldiriladi, qolganlari qirqib tashlanadi. Ikkinchi qavat shoxlari asosiy shoxlardan 30–40 sm, birinchi qavat shoxlaridan 25–30 sm masofada qoldiriladi. Uchinchi qavat shoxlari ham shu zaylda shakllantiriladi. Shakl berishda shox-shabbalarning bir-biriga soya berishining oldi olinib, bir maromda siyraklashtiriladi.
Daraxt hosil qilmaydigan yilida butash tizimi quyidagicha amalga oshiriladi: shu yili o‘sib chiqqan novdalar kuchliroq kaltalashtiriladi, xalqasimon meva shoxlari siyraklashtiriladi, murakkab xalqasimon shoxlar kaltalashtiriladi.
Yana o‘qing:  “Chig‘anoq” shirinligi
Daraxtlar hosil beradigan yili novdalar 35–40 sm o‘sgan eski shoxlariga taqab qirqiladi. Bir yillik novdalarni qisqartirish hosil kurtaklarini ko‘payishiga olib keladi.
Tomorqadagi behi daraxtlariga 300–350 g azotli, 250–300 g fosforli va 200–250 g kaliyli o‘g‘itlar sof holda solinishi tavsiya qilinadi. Har 2–3 yilda o‘rtacha 50–60 kg chirigan go‘ng solish hosildorlikni oshiradi. Bo‘z tuproqlarda behi daraxtlari o‘suv davri mobaynida 4–6 marta, shag‘alli yerlarda 10–12 marotaba sug‘oriladi.
Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Behi daraxtiga zararkunandalardan behi qurti, kasalliklardan monilioz zarar keltiradi.
Behi qurtiga qarshi 5 foizli Karate em. k. (100 l suvga 30–40 g), 17,5 foizli Perfekto sus. k. (10 sotix maydon hisobiga 15–20 ml) vositalari samaralidir.
Monilioz kasalligiga qarshi Bordo suyuqligining 3 foizli (10 l suvga 300 g mis kuporosi va 300 g so‘ndirilmagan ohak) eritmasi sepiladi. Kasalliklarga qarshi dori vositalarini kurtaklar yozilguniga qadar ishlatish talab etiladi.
Hosilni yig‘ishtirish. Behi asosan kuzda – sentyabr-oktyabr oylarida pishib yetiladi. ining boshlarigacha davom etadi. Mevalari terilganidan so‘ng yetilish davrini o‘tashi kerak. Shundagina behi mevalari nav xususiyatlariga xos rangga kiradi, ta’mi yetarlicha shirin bo‘ladi. Ayni paytda behi mevalaridagi pektin moddasining ko‘pligi undan qayta ishlangan mahsulot (murabbo, jem, sharbat va kompot) tayyorlash uchun qimmatli xomashyo bo‘lib xizmat qila oladi.
Sh. Ahmedov
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi sayti

Behi ekish va parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar