GIDROLOGIK REJIM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIDROLOGIK REJIM haqida malumot bilib oling.

GIDROLOGIK REJIMsuv manbai (daryo, koʻl va b.) xolatining ular suv toʻplaydigan havzaning tabiiy geografik xususiyatlari, birinchi navbatda iqlim sharoiti taʼsirida vaqt boʻyicha qonuniyatli oʻzgarishi. Gidrologik rejim suv sathi, suv sarfi (oqim rejimi), suv t-rasi rejimi, muzlash hodisalari (muzlar rejimi), loyqa oqiziqlar (oqiziqlar rejimi), suvda erigan moddalar, oʻzan holati kabi Gidrologik rejim elementlarining kunlik, oylik, mavsumiy, yillik va koʻp yillik oʻzgarishlari tarzida namoyon buladi. Suv manbaining turiga bogʻliq holda daryo, koʻl, yer osti suvlari, botqoqliklar, muzliklar G. r. lari farqlanadi. Hoz. kunda suv manbalarining tabiiy Gidrologik rejim inson xoʻjalik faoliyati taʼsiri (kanallar, suv omborlari qurilishi) natijasida oʻzgargan.

Ensiklopediya.uz
GIDROLOGIK REJIM