GOMER haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GOMER haqida malumot bilib oling.

GOMER (Homeros) — yunon shoiri. Uning hayoti haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda uning yashab oʻtgan davrini mil. av. 12-a. bilan 7-a. oraligʻida deb koʻrsatiladi. Gomerning soʻqir boʻlgani, oʻz asarlarini baxshilar kabi ogʻzaki aytgani maʼlum. Ularni kim, qachon yozib olgani aniq emas. Gomerga nisbat berilgan asarlar koʻp, ammo gomershunoslar kup tortishuvlardan keyin fakat 2 asarni — «Iliada» va «Odisseya» G. niki deb tan olishgan. Ularning ikkovi ham qahramonlik eposi boʻlib, yunon mifologiyasi asosida yaratilgan. Shu bilan birga, ularda faqat sheʼrlar, afsonalar va rivoyatlargina emas, real tarixiy vokealar ham aks etgan. Jumladan, «Iliada» dostonida tasvirlangan Troya koʻp zamonlar afsonaviy shahar hisoblanib kelingan, ammo buyuk arxeolog Shpilman koʻp yillik izlanishlardan soʻng uni topdi va bu shahar tarixda mavjud boʻlganini isbot qildi. Gomer asarlaridan namunalar oʻzbek tiliga tarjima qilingan (Mirtemir, Qodir Mirmuhamedov va b.).

Ensiklopediya.uz
GOMER