GIFU haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIFU haqida malumot bilib oling.

GIFU — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu o. ning oʻrta qismida, Nagara daryosi sohilida. Gifu prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 410,3 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). T. y. tuguni. Gifu ipakchilik rnining markazi. Mashinasozlik, oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati rivojlangan. Shoyi toʻqiladigan yirik f-kalar, ip gazlama korxonalari, aviasozlik z-dlari bor. Kustar usulda yapon qogʻozi i. ch. va qogʻoz buyumlar (fonus, shirma, zont) tayyorlash b-n mashhur. Bu buyumlarning bir qismi chetga chiqariladi. Iqtisod in-ti (1896), un-t bor. Shahar 1891-yilda sodir boʻlgan kuchli zilziladan keyin qayta qurilgan. Turizm rivojlangan.

Ensiklopediya.uz
GIFU