GALLIY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GALLIY haqida malumot bilib oling.

GALLIY (Gallium), Ga — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 31; at. m. 69,72; barqaror izotoplari: Ga«»(61,2%) va Ga71(38,8%). Sunʼiy radioaktiv izotoplaridan Ga72 (yarim yemirilish davri 14,2 soat) radioaktiv indikator sifatida qoʻllaniladi. Galliyni 1875-y. da fransuz kimyogari Lekok deBuabodran kashf etgan va Fransiyaning lotincha nomi bilan «galliy» deb atagan. Galliy kumush kabi oqish-kulrang metall. Tabiatda nodir minerallar: zengeit (GaOH)3 gallit CuGaS2 va b. holida uchraydi. G. Yer poʻstlogʻida ogʻirlik jihatidan 1,8-10-3%, dengiz va okean suvlarida 3-1O»5% ni tashkil qiladi. Atom radiusi 0,139 nm-. Qattiq Galliyning zichligi 5,904 g/sm3 (20° da), suyuqlanish t-rasi 29,5°; qay-nash t-rasi 2205°. G. kimyoviy xossalari jihatidan alyuminiyga juda oʻxshaydi, havoda keyingi oksidlanishdan himoyalovchi oksid parda bilan qoplanadi. Bosim ostida qizdirilganda Galliy suv bilan birikib gidroksid hosil qiladi. Galliy gidroksid (GaOH)3 amfoter. Galliy oddiy sharoitda mineral kislotalar bilan taʼsirlanib tuzlar, ishqor eritmalari yoki ishqoriy metallar karbonatlari bilan reaksiyaga kirishib gid-roksogallatlar beradi. Xona t-rasida xlor va ftor b-n, brom bilan esa —35° dayoq (20° da — alangalanish b-n), qizdirilganda yod b-n reaksiyaga kirishadi. Vodorod, azot, uglerod, kremniy va bor bilan birikmalar hosil qilmaydi. Galliy koʻpgina metallar b-n gallidlar hosil qiladi. Ulardan ahamiyatlilari NbGa va Y3Ga dir. Galliy margimush, fosfor, surma bilan birikib, tegishli galliy arsenid, galliy fosfid, galliy antimonid, oltingugurt, selen va tellur bilan 600—1100° da xalkogenidlar hosil qiladi. Ga2S3 — oq (zichligi 3,650 g/sm3), och sariq (3,74 g/sm3) yoki toʻq sariq kristall modda. Suyuklanish t-rasi 1125°. Ga2S2 — sariq rangli kristall modda, suyuklanish t-rasi 1015°; zichligi 3,75 g/sm3. Ga2Se2 — toʻq qizil kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 960°, zichligi 5,03 g/sm3; yarimoʻtkazgich sifatida qoʻllaniladi. Ga2Te3 — qora rangli kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 810°; zichligi 5,582 g/sm3. G. va uning birikmalariga 1050—1200° da ammiak taʼsir ettirib galliy nitrid GaN olinadi. Uning suyuklanish t-rasi – 1700°; zichligi 6,1 g/sm3; radiotexnikada, dielektrik qoplamalar tayyorlashda va istiqbolli lazer material sifatida qoʻllaniladi. Galliy, asosan, alyuminiy va rux xom ashyolarini qayta ishlashda hosil boʻladigan chiqindilardan olinadi. Galliy yuqori t-ralarni oʻlchaydigan termometrlar, yarimoʻtkazgichlar, maxsus optik shishalar tayyorlashda ishlatiladi.

Rustam Maʼrupov.

Ensiklopediya.uz
GALLIY