GAZ HISOBLAGICH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GAZ HISOBLAGICH haqida malumot bilib oling.

GAZ HISOBLAGICHvaqt birligi ichida oʻtadigan gaz hajmini oʻlchaydigan asbob; tabiiy va zaharli boʻlmagan boshqa gazlarga moʻljallangan. Ishlash tarziga koʻra diafragmali, turbinali rotorli va b. xillari bor. Diafragmali Gaz hisoblagichda oʻlchash qurilmasi gaz oʻtkazmaydigan diafragmalar bilan ajratilgan ikkita kameradan iborat.

Maxsus klapanlar tizimi tufayli diafragmalar hisoblagichning kirish va chiqish naychalaridagi gazlarning bosimlari farqi hisobiga ilgarilanmaqaytma harakat qiladi. Diafragmalarning bu harakatini kinematik qurilma jamlagich roliklarining aylanma harakatiga aylantiradi. Bunday Gaz hisoblagichlar roʻzgʻorda ishlatiladi. Turbinali Gaz hisoblagichda turbina orqali oʻtadigan gaz oqimi tezligini oqim toʻgʻrilagich baravarlaydi. Oʻlchash mexanizmi parrakli turbina va reduktordan iborat boʻlib, turbina oʻki ikki tayanchga mahkamlangan. Magnitli uzatma turbinaning aylanishini hisoblash qurilmasiga uzatadi. Hisoblash qurilmasidagi rolikli jamlagich hisoblagichdan oʻtayotgan gaz hajmini oʻlchaydi. Bunday Gaz hisoblagich past, oʻrta va yuqori bosimli gazlarda ishlaydi, ularni turli hisoblash qurilmalariga ulab qoʻyish mumkin. Bunday Gaz hisoblagich sanoatda ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
GAZ HISOBLAGICH