SULTONOVA Rushana Ramilovna haqida to’liq ma’lumot oling
SULTONOVA Rushana Ramilovna (1965.27.11, Buxoro viloyati Gazli sh.) — raqqosa, baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1998). 1979—84 y. lar Xoreografiya bilim yurtida oʻqigan. Toshkent davlat madaniyat in-tini tugatgan (1991). 1984—94 y. lar Navoiy teatrida, 1994— 98 y. larda «Bahor» ansamblida, 1998— 99 y. lar «Yetti goʻzal» ansamblida, 2000-y. dan «Oʻzbekraqs»da yetakchi raqqosa. Shuningdek, 2002-y. oʻzi tashkil etgan (Sh. Vohidov bilan birgalikda) «Ey sanam» ansamblida faoliyat koʻrsatmoqda. Sultonova raqslari tabiiy talqini, musiqaviyligi, ohangga mos xirom etishi, yuqori raqs madaniyati bilan ajralib turadi. Sultonova barcha viloyatlar boʻyicha folklor raqslarni ijro etgan. «Doira chorlaydi», «Buxorocha», «Qizbola», «Xorazm raqsining tugʻilishi» (klipi bilan), «Firoq», «Bahor ayyomi», «Noznoz», «Bonubonu», «Sarvinoz», «Orazibon lazgisi», «Tanavor 2», «Gulsanam», «Uchrashuv», shuningdek, tojikcha, afgʻoncha, loʻlilar raqsi va b. koʻpgina xalqlarning raqslarini ijrochisi sifatida tanilgan. Sultonova haqida «Rushana Sultonova raqsga tushadi» filmlari (1986, telefilm, rej. Sh. Xoʻjayev; 2000, rej. Davron Salimov) ishlangan.
Malumotlar
SULTONOVA Rushana Ramilovna