GʻAZALKENT GIDROUZELI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GʻAZALKENT GIDROUZELI haqida malumot bilib oling.

GʻAZALKENT GIDROUZELI — Chir chiq daryosidagi gidrotexnika inshooti. 1940-y. da qurilgan. Toʻgʻonning umumiy uz. 544 m. Toʻgʻon ostonasi daryo oʻzanidan 1,5 m yuqorida qurilgan. Toʻgʻon 115° burchak ostida qurilgan toʻsiqli va tuproqli qismlan iborat. Toʻsikli qismining uz. 94 m; har qaysisining eni 14 m dan boʻlgan 5 darvozadan iborat. Toʻgʻon darvozalari toʻliq ochilganda sekundiga 2300 m3 suv oʻtadi. Uning oʻng qismida Tovoqsoy GES kanaliga suv chiqargich — rostlagich qurilgan. Rostlagichning maksimal suv sarfi 260 mʻ/sek. Kanalga ketadigan suvdagi oqiziqlarni ushlab qolish uchun uning bosh qismiga 125,8×130 m oʻlchamli 6 kamerali tindirgich qurilgan. Toʻgʻon ostonasi 2 pogʻonali boʻlib, yuqorigi pogʻona ochilsa, tindirgichga quyiladi, pastki pogʻona ochilsa, tindirgichga yigʻilib qolgan oqiziq choʻkin-dilar oʻlchami 1,7×3,5 m li 6 ta maxsus tuynuk orqali uz. 300 m, eni 10 m, qiyaligi 0,005 boʻlgan kanalga chiqarib tashlanadi. Suvning tezligi 7 — 9 m/sek. boʻlganda tuynuklar sekundiga 280 m3 suv oʻtkazadi. Toʻgʻonda daryoda suzib keladigan muz parchalarini oʻtka-zib yuborish uchun bal. 7 m li darvoza bor. Tuproqli toʻgʻon toʻsiqli toʻgʻonning davomi boʻlib, uz. 450 m. Toʻgʻonning chap qismida yangi kanalga suv chiqaruvchi rostlagich qurilgan. Rostlagichning maksimal suv sarfi sekundiga 2,5 m3. Dar-yoning chap qirgʻogʻiga damba va toʻsiqlar qurilgan (q. Gʻazalkent GES).

Ensiklopediya.uz
GʻAZALKENT GIDROUZELI