Rux ya’ni sinkning inson vujudiga ta’siri

Rux ya’ni sinkning inson vujudiga ta’siri

Rux ya’ni sinkning inson vujudiga ta’siri

Mundarija скрыть
Rux ya’ni sinkning inson vujudiga ta’siri
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Odam organizmida rux ya’ni sink moddasi tanqis bo‘lsa avvalo sezish qobiliyatlari – ko‘rish, hidlash, ta’m bilish izdan chiqadi. Bu esa o‘z navbatida ishtaha yo‘qolishiga, ovqat hazm qilishning buzilishiga, shapko‘rlik kabi kasalliklarga olib kelishi mumkin. Tushkun kayfiyat, charchoq, hayotga bo‘lgan qiziqishning so‘nishi rux yetishmasligining asosiy belgilaridir. Soch to‘kilishi, tirnoqlarda oq dog‘lar paydo bo‘lishi, dermatit va yaralarning sekin bitishi, suyaklarning mo‘rt bo‘lib, revmatizm va artrit kasalliklari kelib chiqishi  ham rux yetishmasligi tufaylidir.
u1 640x400 1
Homiladorlik davrida ham ruh katta ahamiyatga ega. Rux yetishmovchiligi 13-18 foiz hollarda homila va chaqaloqda gidrotsefaliya, tanglay nuqsoni, umurtqa egriligi, churralar hosil bo‘lishi, yurak nuqsonlari va boshqa o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, rux yetishmaganda yangi hujayralar hosil bo‘lishi kechikadi, shikastlangan hujayralar qayta tiklanmaydi. Yoshi katta odamlarda qarish tezlashadi, bolalar va o‘smirlar organizmi yaxshi rivojlanmaydi.
Immunitetimiz holati shu mineralga bog‘liq bo‘lib, shamollash va grippning dastlabki belgilari namoyon bo‘lganda vitamin S bilan birga rux tavsiya etiladi. Vrachlar bemorlarga jarrohlik operatsiyasidan bir necha kun oldin va to tuzalib ketguncha rux preparatlarini buyurishadi. O‘smirlarga tarkibida rux ko‘p bo‘lgan oziq-ovqatlar tavsiya qilinadi. Chunki bu mikroelement bo‘y o‘sishi va vazn oshishini ta’minlovchi gormonlar ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Shu bois, bo‘yning jadal o‘sishi va jinsiy balog‘atga yetishi davrida rux juda muhim hisoblanadi. Ruxning yana bir xususiyati mavjud. U antioksidant bo‘lib, mushak xujayralarini jismoniy zo‘riqish vaqtida haddan ortiq kislorod sarf qilish tufayli paydo bo‘ladigan radikallar ta’siridan himoya qiladi.
Sink qonda doimiy kislotali-ishqorli muhitni saqlaydi, to‘qima regeneratsiyasi uchun mas’ ul , insulin hosil bo‘lishini va mushaklar qisqarishini boshqaradi, prostata va ko‘payish a’zolari faoliyatini me’yorlashtiradi, erkaklik xususiyatini va qonning yallig‘lanishga qarshi xususiyatini oshiradi.
Nega ba’zi odamlarda rux yetishmaydi? Ma’lum bo‘lishicha, ba’zi sabablar tufayli rux organizmda yaxshi so‘rilmaydi. Masalan, shirinlik va sho‘r narsalarga o‘ch kishilar bunday taomlar organizmda ruxning kamayishiga olib kelishini bilib qo‘yishlari lozim.
Erkaklarda spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish, ayollarda homiladorlikdan saqlaydigan dorilarni tartibsiz qabul qilish ko‘pincha organizmda rux yetishmasligini keltirib chiqarishi mumkin. Jigar sirrozida rux elementining yomon so‘rilishi, siydik bilan ko‘p ajralishi yoki zaharli ta’sirlar natijasida qonda rux miqdori kamayishiga sabab bo‘ladi.
Kasallikning oldini olish uchun tarkibida rux elementi ko‘p bo‘lgan tabiiy meva-sabzavotlar, ko‘katlar, ziravorlar, dukkakli don mahsulotlari hamda ulardan tayyorlangan milliy taomlarni iste’mol qilishga odatlanish kerak. Uzum va tut shinnisi, o‘rik va achchiq bodom danagi, qora mayiz, turshak, yong‘oq, kepakli non, sumalak, kartoshka, pomidor, no‘xat, sut va go‘sht mahsulotlari hamda tuxum sarig‘ining tarkibida rux moddasi ko‘p.
Shoira Bekchanova,
tibbiyot fanlari nomzodi
gujum.uz

Rux ya’ni sinkning inson vujudiga ta’siri