Erkaklarning ayollarga xush yoquvchi salbiy xususiyatlari sanab o`tildi
Erkaklarning ayollarga xush yoquvchi salbiy xususiyatlari sanab o`tildi
DO`STLARGA ULASHING:
Buyuk Britaniya, Finlyandiya va polshalik psixologlar erkaklardagi qaysi xususiyatlar ayollarga ko`proq yoqishi yuzasidan tadqiqot o`tkazishdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabariga asoslanib «Darakchi» ma’lumot berdi.
Tadqiqot natijalari Evolution and Human Behaviour jurnalida chop etildi.
Mutaxasislarning fikriga ko`ra, ayollarga erkaklardagi bir qator salbiy jihatlar xush yoqadi.
Shunday qilib, bu salbiy xususiyatlar narsissizm, makiavellizm va psixopatiyada namoyon bo`ladi.
Narsissizm o`z ichiga kalondimog`lik, g`urur, o`zini haddan ziyod yaxshi ko`rish kabi jihatlarni o`z ichiga oladi.
Makiavellizm tushunchasining zamirida manipulyasiya, yolg`onchilik va o`z qiziqishlariga haddan ziyod berilish kabilar yotadi.
Psixopatiya esa yuraksizlik, shafqatsizlik, xudbinlik, jahlning tez-tez namoyon bo`lishi kabi jihatlarni o`z ichiga oladi.
Psixologlarning fikriga ko`ra, ayollar aksariyat hollarda gavdali va keng yuzli erkaklarni yoqtirib qolishadi. Bunday tashqi ko`rinishga ega bo`lgan erkaklar esa yuqorida sanab o`tilgan salbiy xususiyatlardan kamida ikkitasiga ega bo`lishadi.
So`rovnomada 2370 nafar ayol ishtirok etgan. Psixologlar salbiy jihatlarga ega bo`lgan erkaklarning suratlari ko`rsatilib, ulardan birini tanlash so`ralgan.
Erkaklarning ayollarga xush yoquvchi salbiy xususiyatlari sanab o`tildi