Qizlarga gap otish usullari
Qizlarga gap otish usullari
DO`STLARGA ULASHING:
Ko’chada ketayotgan go’zal qizni ko’rib, unga tikilib qolasiz. Ammo, nimadur sizni uning yoniga borib, tanishishdan qaytaradi. «Borib nima deyman?» — deya o’zingizga savol berasiz. Quyida sizga qizlarga gap otishning ko’plab ishonchli namunalari keltiramiz. Marhamat!
-Ortingizda barno yigit turganidan hijolat tortmaysizmi?
-Sizga er kerakmi? (Yo’q.). -Unda menga siz keraksiz.
-Bu yerda vagon-restoran qayerda? (Metroda).
-Soat nechaligini aytolmaysizmi? (Sakkiz).-1. Ertalabkimi yoki kechqurungi? 2. Ha, hohlaganimmi?
-Yaxshi qiz, to’xtang, sumkangizdagi nima? Bomba emasmi? Hozir urf bo’lganda. Ha, do’kondan harid qilib kelayapsizmi? Qalay, yaxshimi?
-Sochlaringiz buncha jozibali! Yarimini kesib bering.
-Yaxshi qiz, kelishgan, bo’ydoq yigitlarni yoqtirasizmi? Yo’g’e, men o’zim emas, do’stim haqida aytayapman. Uning yaxshi ko’rgan qizi — shallaqi tashlab ketdi. Siz shallaqi emasmisiz?
1.(Yo’q).- Yaxshi do’stim unda kutib turadi. Xo’sh, endi o’zim uchun qiziqaman.
2.(Ha).- Ajoyib. Lekin do’stimga to’g’ri kelmaydi, menga esa to’g’ri keladi. Shunaqalarni yoqtiraman.
-Yaxshi qiz, oyoq-kiyimi kir yigitlar bilan tanishasizmi? (Yo’q).- Men tozaladim. Menga mumkin)
-To’xtang. Muhim gapim bor. Suyukli yoringiz bo’lishini xohlaysizmi?
-Nega menga bunday ajablanib qarayapsiz? Ha, ha chap ko’zim o’ngiga qaraganda qo’polroq.
-Siz hammaga shunaqa qaraysizmi yoki faqat yoqtirib qolganlarizgami?
-Siz doim kechqurun shu yerdan bir vaqtda yurasizmi?
-Siz hozir tushasizmi? Rostdanmi? Qarang-a, men ham tushaman. Do’mbira chala olasizmi? Siz ham yo’qmi, men ham yo’q. O’xshash tomonlarimiz ko’p ekan-a?!
-Yaxshi qiz, qayerga ketayapsiz? U yerda siz bilan hech kim tanishmaydi. Hamma barno yigitlar bugun shu yerda.
-Yaxshi qiz, siz kimni kutayapsiz? O’g’il bolami, qiz bolami? Necha oylik?
-Shunday romantik joyda bir o’zingiz yurishga uyalmaysizmi??? Yuring, birga aylanamiz. (Qo’lingizni tutib).
-Bu yer juda ko’rkam joy ekan. Xusnu-jamolingizga juda mos ekan.
-Siz menga ko’proq yoqasizmi yoki men sizgami, nima deb o’ylaysiz?
-Namuncha, ko’zlaringiz odamni teshib yuboray deyapti.
-Siz kimnidir kutayapsizmi? Unda men sizni har xil shilqimlardan himoya qilib turaman.
-Xozir siz meni chimchilab oldingizmi? (Transportda).
-Salom, Guli. Uzr kech qoldim. Sen Guli emasmisan? Baribir salom.
-To’xtang, biz bir-birimizga tikilib, tanishishni esdan chiqarib qo’yipmiz. Boshidan boshlaymiz.
-To’xtang, bu meniki. Yurakni bilmadim-u, lekin qo’lingizni so’rayman. (Qo’lingizni cho’zib, salomlashasiz).
-Tabassumingiz chiroyli ekan. Yana bir kuling.
-Kulishdan nega to’xtadingiz, endi seva boshlagan edim.
-Men ham sizga shunday qaraganimda, siz ham qo’rqib ketar edingiz.
-Siz bilan qayerda ko’rishganmiz, eslolmaysizmi?
-Sizga nozik iltimosim bor. Men qizlar bilan tanishishni o’rganmoqchiman. Ayol kishining fikri kerak. Yordam bera olasizmi?
-Biz bir-birimizga munosib juftlik bo’la olamizmi?
-Visolimga yetishish uchun shoshib kelayotgan qizni ko’rish naqadar ajoyib. Salom.
-Nechtasini javobini berdingiz? Men esa uchtasini. Qizlar ham betsiz bo’lib ketishganda.
-Siz bilmaysizmi, nega bugun qizlar menga bunday ajablanib qarashyapdi?
-Nega bunday qarayapsiz? Uylantirib qo’ymoqchimisiz?
Qizlarga gap otish usullari