Bahonalardan voz keching!

Bahonalardan voz keching!

Bahonalardan voz keching!

Har bir inson oʻz oldiga qoʻygan baʼzi maqsadlariga erishish yoʻlida va shaxsiy hayotida turli xil toʻsiqlarga duch keladi. Shu qatori men ham. Ushbu holatlardan chiqish uchun shaytonning hiylalaridan biri boʻlgan, bahona orqalik qiyinchiliklardan chekinishga hech qachon odatlanmang.

Ushbu bahonalarning turlariga hayotimizning har jabhasida duch kelamiz.

— Menda buni oʻrganish uchun sharoitim yoʻq!

— Meni uyim markazda emas, qishloqda yashayman!

— ITʼni oʻrganishim uchun menda Noutbuk yoʻq, sotib olish uchun esa pulim yoʻq!

— Meni dadamning puli Shokir doʻstimning dadasining puli kabi koʻp emas…

Ehe, bunday bahonalarni sanab oxiriga yetish anchagina qiyin. Doʻstim! Keling bulardan voz keching. Har qanday holatda boʻlishingizda qatʼiy nazar, bahona qidirib maqsadlaringiz eshigini oʻzingiz uchun yopishga urinmang. Loqayd, oʻzingizni oʻzingiz aldamang degan boʻlar edim.

«Bu menga nima beradi?» desangiz. Oldingizga azʼmu shijoat bilan qoʻygan oliy maqsadlaringiz sari borishingizda hech qanday toʻsiqni oʻzingizga bahona deb bilmasligingizni bildiradi. Xoh mushkul, xoh yengib boʻlmas darajadagi vaziyatlarda sizni bahona izlamasdan buni qanday qilib yengib oʻtish uchun eshik qidirishni boshlaysiz, bahona orqali ortga qaytishni emas.

Shuni yodda tuting! Maqsadi erishgan insonlar bilan, muvaffaqiyatsizlikka uchragan insonlarning bitta — yu bitta farqi ham shunda. Kimdir bahonani oʻzi uchun yot qilgan, kimdir esa odat.

Albatta buni oʻz hayotingizda sinab koʻring. Natijasini esa men bilan ulashishni unutmang 😊.

Manba:

Umumiy Dasturlash
Bahonalardan voz keching!