O’zbekistonda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklandi

O’zbekistonda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklandi

O'zbekistonda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklandi

Kuni kecha(20210yil 3-oktabr) O’zbekistonda bir nechta ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklandi va ma’lum vaqtdan so’ng cheklov bekor qilindi.

Ushbu voqea yuzasidan ijtimoiy tarmoqdagi ba’zi fikrlarni quyda o’qib ko’rishingiz mumkin:

Ijtimoiy tarmoqlarning faoliyatini bunday tarzda birdaniga va aholini oldindan ogohlantirmasdan turib cheklanishiga albatta qoʼshilolmayman.Chunki bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar jamiyatning fikrini shakllantirmoqda.

Barchamizga maʼlumki, Facebook, Youtube, Telegram.. kabi bunday katta gigant kompaniyalarning server va maʼlumotlar bazalarini Oʼzbekiston hududida joylashtirish, nafaqat bizga balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga ijobiy taʼsir qiladi. Masalan, iqtisodiy tarafdan foydasini koʼrish mumkin (tashqi trafik kamayadi), fuqarolarning maʼlumotlari qonun doirasida saqlanadi (hozirda foydalanuvchilarning maʼlumotlari himoyalanmagan) va albatta mintaqaning xalqaro miqyosidagi imidji oshadi. Turgan gapki bu kabi jarayonlar konstruktiv muzokaralar orqali amalga oshirilishi kerak degan fikrdaman.

Lekin men masalani yana bir tarafini koʼtarmoqdaman. Ijtimoiy tarmoqlar hozirda muloqot, yangilik va maʼlumot manbai hisoblanadi. Lekin afsuski, kim bilan aniq muloqot qilayotganingiz va olayotgan maʼlumotingiz rost yoki yolgʼon ekanligini tekshirish imkoniyati mavjud emas. Demak bizga nafaqat shaxsni, balki yangiliklar va maʼlumotlarni verifikatsiya qilish imkonini beruvchi vositalar kerak.

Undan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda turli ekstremistik kuchlarning ayniqsa pandemiya paytida avj olganini, yoshlarni turli oqimlarga verbovka qilish va ommaviy chiqishlarga daʼvat qilish kabi harakatlarini kuzatishimiz mumkin. Demak bu yerda ham farzandlarimizni turli xavflardan himoya qilish haqida oʼylashimiz kerak boʼladi.

Bu albatta mening bir fikrimdir (IMXO)

Muzaffar Djalalov

Toshkentdagi Inha universiteti rektori

«Lekin G’olibshyer Ziyoev qonun buyicha o’ziga yuklatilgan vazifani bajardi.

O’zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida»gi Qonuni 27-1-moddasini qabul qilgan 150 ta deputat, shu qonunni ma’qullagan 100 ta senator va qonunni imzolagan katta odamlar aybdor emasmi aslida?» — deydi xotin…

So’rab kelishsa erim emas, bu kishini tanimayman degin, bolalarni o’zim eplab turaman debqo’ydim.:))

Dima Qayum

Blogger

Agarki davlatda erkinlikka asoslangan rasional fikrlash tarzi mustahkam shakllanmagan bo’lsa, davlat mashinasi, hammaga g’alati/xato ko’rinadigan uskunaga o’xshab qoladi. Lekin, davlatning o’zi esa, bu g’alatilikni sezsada, o’zining ichki tafakkurini boshqalarga singdirishga, o’zining haqligini isbotlashga urinavyeradi. Globalizm bilan, informasion texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlar bilan kurashish – Don Kixotning shamol tegirmoniga qarshi e’lon qilgan urushiga o’xshaydi: shamol tegirmonni aylantiravyeradi, lekin, Don Kixotni asabiylashgani, sazoyi bo’lgani qoladi.

*

Davlat shunday bo’lishi kyerakki, o’zining maqsad va vazifalarini juda aniq tasavvur qilishi, amalga oshirib bo’lmaydigan, eki juda qimmatga tushadigan vazifalarga qo’l urib, o’zining vaziyatini murakkablashtirmasligi kyerak. Hukumat, davlat xavfsizligini, ommaviy axborotni cheklash, jamoatchilikni erkin axborotdan mahrum qilish orqali ta’minlash yo’lidan bormasligi kyerak. Aksincha, yuqori ishontirish va tushuntirish malakasi orqali, jamoatchilik fikrini yuqori darajada shakllantira olish strategiyasi yo’lidan borishi kyerak.

*

Ijtimoiy tarmoqlarni bloklash, albatta, uzoqqa bormaydi. Lekin, agar davlatning reputasiyasi, biron mezon bilan o’lchanganda edi, mana shu ishlar, kamida yana 5-10%lik salbiy saldo bilan baholanar edi. Tashqi dunyoda esa, bu ishlar, xavotirli signal sifatida qabul qilinadi xolos.

Kamoliddin Rabbimov

Siyosatshunos

Boshqalar
O’zbekistonda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklandi