Dasturlash bo’yicha o’zbek tilidagi o’quv kurslar
Ushbu maqolada dasturlash bo’yicha o’zbek tilidagi o’quv kurslar haqida ma’lumot berib o’tilgan. Undagi ma’lumotlar muallifning shaxsiy qarashlari va ko’p yillik dasturlashdagi tajribasidan kelib chiqib bayon etilgan.
Dasturlash nima?
Dasturlash, kompyuter yoki elektron qurilmalar uchun xavfsiz, samarali va aniq buyruqlarni o’rnatingan, avtomatlashtirilgan, o’zlashtirilgan yoki qayta ishlashga ruxsat beradigan muhim va zarur injiniring ishlardan biri hisoblanadi. Dasturlash tillari yordamida, dasturchilar turli xil qurilmalarga qo’shimcha xizmatlar qo’shish, ma’lumotlarni saqlash, ma’lumotlar bazasini tahlil qilish va turli boshqa vazifalarni bajaruvchi dasturlash yozishlari yoki yaratishlari mumkin. Hozirgi kunda quyidagi dasturlash tillari keng tarqalgan: C++, Java, Python, JavaScript, PHP va C#.
Dasturchi kim?
Dasturchi — qurilmalarga dasturlash tili yordamida dastur yozadigan inson yoki kasb egasi. Odatlarda ular tajribalari, bilimlariga qarab turli xil darajalarga bo’linishadi. Buni dasturchilar darajalari deyish ham mumkin ular quyidagilar: Junir, Middle va Senior.
Dasturlash tili nima?
Dasturlash tili — dasturchilar tomondan yozilgan, aniq bir sintaksisga ega va eng muhimi aniq bir vazifani bajaruvchi, turli xil qurilmalarda ishlash uchun yaratilgan maxsus kod yoki dastur.
Dasturlash O’zbekistonda!
Dasturlash O’zbekistonda kirib kelgani 20 yildan oshgan. Ammo oxirgi bir necha yilda dasturlash bo’yicha o’zbek tilidagi o’quv kurslari sabab dasturlash juda tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Bu borada dasturlash bo’yicha o’zbek tilidagi kurslarga ayniqsa, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Farg’onadagi o’quv markarlariga, qolaversa dasturlash bo’yicha onlayn kurslarga alohida minnatdorchilik bildirish mumkin. Ular sabab dasturlash O’zbekistonda ancha rivojlandi, rivojlanmoqda.
Dasturchi bo’lish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Dasturchi bo’lish uchun avvalo ingliz tilini bilish talab etiladi. Sababi, dasturlashda, dasturlash tillarida, kutubxonalar, freymworklarda, masalan Yii, Laravel, Django, Spring va boshqalarda hujjatlar(dokumentatsiya) asosan ingliz tilida yoziladi. Ko’p hollarda u o’zbek tilida tarjima qilinmaydi. Dasturchi bo’lish uchun keyingi navbatda sabr, ishtiyoq va o’ziga yarasha kuch kerak bo’ladi. Bundan tashqari biron bir kompyuter ham kerak bo’ladi.
O’zbekistonda hozirda dasturlash bo’yicha bir qanday o’quv markazlari, o’quv kurslari faoliyat olib borishmoqda. Ularni tanlashda bir qancha xususiyatlarga e’tibor berish kerak. Sababi, ko’plab dasturlash bo’yicha o’quv kurslari ko’proq o’quvchilarni jalb qilish maqsadida turili xil marketing xiylalar, marketing strategiyalar olib borishadi.
Dasturlash bo’yicha o’zbek tilidagi o’quv markazlarida quyidagilarga e’tibor berish kerak:
1. O’qituvchilarning bilim darajasiga, eng zo’r dasturlash bo’yicha o’qituvchi — bu biron bir joyda dasturchi bo’lib ishlayotgan o’qituvchi hisoblanadi.
2. Dasturlash bo’yicha o’zbek tilidagi o’quv kurslari aynan qaysi dasturlash tili, qaysi texnologiyadan foydalangan holda dasturlash bo’yicha darslar o’tishlariga e’tibor berish kerak, ya’ni dasturlash tili yoki texnologiya eskirgan bo’lmasligi kerak.
3. Narxi. Dasturlash bo’yicha o’zbek tilidagi o’quv kurslari dasturlash bo’yicha onlayn o’quv kurslaridan ancha qimmat bo’ladi. Bundan tashqari ba’zida o’quv kurslar berayotgan bilimiga nisbatan ko’proq haq olishga harakat qilishadi. Bundan o’quv kurslarda o’qib Siz zo’r dasturchi bo’lishiz ancha qiyin kechadi.
4. Dasturlash bo’yicha o’quv kurslarida qanday metodlardan foydalanishmoqda. Bu ham juda mujim jihati bo’lib, iloji boricha dasturlash bo’yicha o’quv kurlari har bir o’quvchiga individual yondashgan holda dasturlashni o’rgatishlari kerak.
5. Dasturlash bo’yicah o’quv kurslarning davomiyligi. Bu ham juda muhim sababi, ba’zi o’quv kurslari juda qisqa muddatda dasturchilikni o’rgatamiz deb ishontirmoqchi bo’lishadi. Bu no’to’g’ri. Sababi dasturlashni o’rganish uchun ko’p mehnat qilish, o’z ustida ishlash kerak bo’ladi. O’quv kurslari esa bunda sabr bilan yordam berib, qo’llab-quvvatlashlari kerak bo’ladi.
Qaysi dasturlash tili eng zo’r?
Har bir dasturlash tilining o’zini vazifalari, o’zini ustun va kamchiliklar bor. Ba’zilar juda tez ishlasa, ba’zilarida tayyor dasturlar, kutubxonalar juda ko’p miqdorda. Va ba’zilarida juda ko’plarb bepul(open source) kutubxonalar, dasturlash, turli xil qiyinchilikdagi axborot texnologiyalari tizimlari mavjud.
Masalan, PHP dasturlash tili. Undan asosan web dasturlash yaratish, web saytlar yaratish, blog saytlar, internet magazinlar yaratish, yangilik saytlar yratishda foydalaniladi.
Yoki Dart. Dart oxirgi vaqtlarda juda mashhur bo’layotgan dasturlash tili bo’lib, undan asosan Flutter freymworki(framework) yordamida Android va IOS operatsion tizimlar uchun mobil ilovalar(programmalar) yaratilinadi.
Toshkentdagi dasturlash bo’yicha o’zbek tilida o’quv kurslar oxirgi paytlarda juda ko’paygan. Ularda qisqa kurslar, praktikumlar, zamonaviy kasblarga yo’naltirilgan dasturlash o’quv kurslari mavjud. Ulardan birini tanlashda to’g’ri qaror qabul qilish kerak.
Bundan tashqari dasturlash bo’yicha kitoblar haqida ham aytib o’tmoqchimiz.
Dasturlash bo’yicha kitoblar hozirda juda ko’p bo’lib, ular yordamida bilimingizni mustahkamlab olishingiz, yetuk dasturchi bo’lishingiz mumkin. Ammo ularning hammasi ingliz tilida. Shu sababi yaxshi dasturchi bo’lish uchun ingliz tilinida yaxshi darajada bilish talab etiladi.
Dasturchilar uchun telegramda juda ko’plar guruhlar, kanallar bo’lib, agar sizda biron savol bo’lsa telegramni kuzatib borishingiz mumkin. Faqat bunda telegramdagi har xil rasmlar, videolar Sizni chalg’itmasligi kerak.
Yuqorida aytib o’tilgan dasturlash bo’yicha kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganizdan so’ng, Siz yana o’z ustizda ishlashiz, bilimingizni, tajribangizni doimiy oshirib borishingiz kerak. Shunda Siz middle dasturchi yoki senior dasturchi bo’lishingiz mumkin.
Dasturlashda qulay ham juda muhim, sababi agar dasturlashni o’rganish jarayonida Siz bilan birga sheriklar, Siz kabi yosh dasturchilar bo’lsa, dasturlashni o’rganish ancha tez va qiziqarli kechadi.
Dasturlash kurslari Toshkentda har qadamda uchraydi. Ulani tanlashda adashmang.
O’ylaymizki, Siz kuchli, yetuk dasturchi bo’lib yetishasiz va bunda Sizga dasturlash bo’yicha o’zbek tilidagi kurslar yordam berishadi.
Ta‘lim
Dasturlash bo’yicha o’zbek tilidagi o’quv kurslar