Smartfon ekranidagi sariq dogʼlar paydo boʼlish sabablari va yechimi
Smartfon ekranidagi sariq dogʼlar paydo boʼlish sabablari va yechimi
DO`STLARGA ULASHING:
Smartfon ekranidagi sariq dogʼlar paydo boʼlish sabablari va yechimi
Smartfondan maʼlum muddat foydalangandan soʼng, baʼzi foydalanuvchilar ekranida sariq yoki oq dogʼlar paydo boʼladi va bu matn yoki rasmlarda yaqqol koʼzga tashlanadi.
Ushbu muammo, smartfon ishlash sharoitlarining buzilishi yoki ishlab chiqaruvchining xatosi sababli ham sodir boʼlishi mumkin.Qizib ishlash
Kuchli qizish asosan byudjet (https://t.me/gsmgurus_FAQ/112) modellarda, ishlab chiqaruvchining smartfondan issiqlik energiyasining chiqib ketishi notoʼgʼri joylashtirganligi sababli roʼy beradi. Natijada, suyuq kristalli displey qatlamlari yuqori harorat taʼsirida deformatsiyalanadi va ekran yuzasida sargʼish dogʼlar paydo boʼladi. Odatda dogʼlar ekran ramkalari yaqinida joylashadi. Muammoning oldini olish uchun zaryad olayotganda smartfondan foydalanmaslik tavsiya etiladi, chunki bu korpusning qoʼshimcha qizishini keltirib chiqaradi.
• Cmartfon nega qiziydi(https://t.me/gsmgurus_FAQ/791)Batareyaning nosozligi
Baʼzi batareyalar uzoq muddatli foydalanishdan keyin shishib ketadi. Smartfon ichida joylashgan batareya hajmi kattalashishi, qolgan elektron qismlarni siqishni boshlaydi, korpusni deformatsiya qiladi va ekranning shikastlanishiga olib keladi. Natijada esa, ekran ishdan chiqadi yoki turli xil dogʼlar paydo boʼlishni boshlaydi. Koʼp hollarda dogʼlarni faqat ekranni almashtirish orqali yoʼqotish mumkin.
• Smartfonni toʼgʼri zaryadlash va batareyasiga oid qoʼshimcha maʼlumotlar(https://t.me/gsmgurus_FAQ/592)Suyuqlik (nam) kirishi
Smartfon suvga tushganda ekranida koʼp hollarda dogʼlar paydo boʼladi va vaqt oʼtgan sari rangi oʼzgarib boradi. Bir necha kunlik suyuqlikdan qurish jarayonidan soʼng ham dogʼlar kamaymasa, ekranni almashtirish muammoni hal qiladi (mutaxassis, boshqa qismlarga zarar yetmaganiga ishonch hosil qilishi kerak).
• Smartfonga suv (suyuqlik) kirganda nima boʼladi va tavsiyalar(https://t.me/gsmgurus_FAQ/829)Ishlab chiqarishdagi nuqsonlar (Zavodskoy brak)
Аgar dogʼ smartfonni sotib olgandan soʼng darhol aniqlansa, nuqsonning sababi ishlab chiqaruvchining xatosi sifatida baholanishi mumkin. Smartfon ishlab chiqaruvchisi yigʼishning maʼlum bir bosqichida texnologik jarayondagi xatolik ham ushbu muammoni keltirib chiqarishi mumkin. Bu holatda muammo kafolat (https://t.me/gsmgurus_FAQ/117) xizmati bilan hal qilinadi.
Smartfon ekranidagi sariq dogʼlar paydo boʼlish sabablari va yechimi