№7 Dars — Yii-Bootstrapni sozlash.
Yii-Bootstrap Yii ning maxsus kutubxonasi hisoblanib, yuqori sifatli widgetlarni o`z ichiga olgan. Yii-bootstrap forma komponentalari bilan bir qatorda foydalanuvchi uchun yengillik yaratuvchi komponentalarini o`z ichiga olgan. Bu widgetlarni yuklayotganingizda o`zi uchun tegishli bo`lgan jQuery kutubxonasini ham yuklab ishga tushadi.
Bootstrapni sozlash.
Ushbu gipermurojaat orqali bootstrap kutubxonasini ko`chirib olishingiz mumkin:
https://github.com/umar90/umar
Arxiv fayl ko`cirilgandan keyin uni arxivdan chiqarib ushbu directoriya bo`yicha joylash kerak bo`ladi.
protected/extensions/
va quyidagicha kodlarni protected/config/main.php fayliga kiritishimiz kerak bo`ladi. Shu orqali biz bootstrap kutubxonasini sozlaymiz:
Yii::setPathOfAlias('bootstrap', dirname(__FILE__).'/../extensions/bootstrap');
return array(
'preload'=>array('bootstrap'),
'modules'=>array(
'gii'=>array(
'generatorPaths'=>array(
'bootstrap.gii',
),
),
),
'components'=>array(
'bootstrap'=>array(
'class'=>'ext.bootstrap.components.Bootstrap',
),
),
);
Bu ishlardan keyin siz o`z web ilovangizda bootstrap kutubxonasini ishlatishingiz mumkin bo`ladi. Shu widgetlardan foydalanishda quyidagi axborotnoma sizga yordam beradi.
Yangi qirralaringizni kashf qilishdan to`xtamang. E`tiboringiz uchun rahmat!
Manba:
Web Dasturlash
№7 Dars — Yii-Bootstrapni sozlash.