Xakerlar va ularning turlari. Yaxshi va yomon xakerlar haqida
Agar siz yangiliklarni kuzatib borsangiz va IT texnologiyalarga qiziqsangiz, xakerlar kimligini bilasiz.
Xaker — bu iste’dodli dasturlash va tarmoqlar haqida keng ma’lumotga ega bo’lgan odam, lekin o’z oldiga quygan maqsadiga ko’ra turlarga ajratiladi.
Bu sohaga endi kirayotgan xakerlikni o’rganmoqchi bo’lganlar birinchi navbatda shu bo’linishlar nima uchunligi va bir biridan qanday farq qilinishini yaxshi tushunib olishi kerak.
Bu maqolada hakerlarning o’z oldiga qo’ygan maqsadiga ko’ra turlari haqida gaplashamiz.
Xakerlar asosan 3 turga bo’linadi.
1.Black Hat Hackers(Qora yomon xakerlar) — Korporativ tarmoqlar, kompyuter tizimlari dasturiy ta’minotidan zaiflik(vulnerability) topib ulardan moliyaviy foyda yoki boshqa zararli maqsadlarda foydalanuvchi kiberjinoyatchilar. Odatda ko’pchilik xakerlar deganda aynan shu toifani tushunishadi.
Black Hat Hacker
2. White Hat Hackers(Oq yaxshi xakerlar) — shuningdek Pentesterlar deb ham ataladi. Ular o’z bilim va tajribalari orqali tashkilotlarni, korporatsiyalarni ehtimoliy kiberhujumlardan himoya qilishadi. Black Hat toifadan yana bir eng asosiy farqi ular har qanday tekshiruvni tizim rahbariyatidan ruhsat olgandan keyingini boshlashadi.
White Hat Hacker
Ularning vazifasi tizim kamchiliklarini Black Hat xakerlardan avvalroq aniqlash. CWG Security ham aynan pentesting yunalishida kiberxavfsizllika oid faoliyat bilan shug’ullanadi.
3. Grey Hat Hackers (Kulrang xakerlar) — bu toifa xakerlar faoliyati yaxshi(white) va yomon(black) xakerlar harakatlarining aralashmasidir. Odatda bu toifa xakeri egasining ruxsatisiz veb saytdagi yoki tizimdagi zaifliklarni qidiradi. Zaifliklar aniqlanganda, ular bu haqda egasiga xabar berishadi, yoki ba’zida muammolarni hal qilish uchun kichik haq talab qilishadi.
Grey Hat Hacker
O’zbekistonda so’ngi vaqtlarda aynan shu toifa xakerlari ko’payib qoldi. Muammo shundaki ular veb-saytlarni buzib va ruxsatisiz tarmoqlariga bostirib kirish orqali kompaniyalarga yaxshilik qilaman deb o’ylashadi.
Biroq, kompaniya egalari o’zlarining biznes ma’lumotlari infratuzilmasiga yoki veb saytlariga ruxsatsiz hujumlarni kamdan-kam hollarda qadrlashadi.
Ko’pincha ularning asl maqsadi bilimlarini hammaga namoyish qilish orqali mashhurlikka erishish, shu sohadagi bilimlari boshqalar tomonidan ham e’tirof etilishini xohlashadi.
Siz qanday fikrdasiz ularning qilayotgan ishlari to’g’rimi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.
Keyingi maqolalarda yanada qiziqarli mavzular haqida gaplashamiz.
Xavfsizlik
Xakerlar va ularning turlari. Yaxshi va yomon xakerlar haqida