Chet elda tekinga o’qishning 4 usuli
Grantlar.Chet elda tekinga o’qishning 4 usuli
DO`STLARGA ULASHING:
Chet elda bepul o’qish haqida siz bilmagan muhum ma’lumotlar.
Hozirgi kunda, ko’pchilik talabalar chet elda ta’lim olishni orzu qiladi, lekin hammada ham bu orzuni amalga oshirish uchun mablag’ yetarli emas. Haqiqatdanham, horijda o’qish uchun ko’p pul ketadi.
Lekin, chet elda deyarli bepul o’qishning bir nechta usuli mavjud va bu usullar universitet, hukumat yoki ijtimoiy fondlarning talabalarga moliyaviy ko’magidan kelib chiqadi.
Bu maqola orqali siz, yetarlicha mablag’ga ega bo’lmasdan horijda o’qish uchun qanday yordamdan foydalanishingiz mumkinligi haqida bilib olasiz.Grant — bu aniq bir maqsadli moliyaviy yordamning umumiy nomi. Bunday ko’mak, keyinchalik to’lab berilishi talab etilmaydi.
Grantlar mahsus o’tkazilgan tanlovlar natijasiga ko’ra berilishi mumkin.
Grantlar horijda ta’lim jarayonidagi harajatlarni o’z kuchi bilan yopa olmaydigan talabalarga berilishi mumkin. Bu vaziyatda talaba uning moliyaviy ahvoli haqida ma’lumotnoma taqdim etishi kerak bo’ladi.
Grantlarning, aniq bir ilmiy ishni bajarishga ketgan harajatlarni qoplashga yo’naltiriladigan turi ham mavjud. Bu holatda, grantlar talabalarning ilm olishdagi muvaffaqiyatlarini oshiradi va talabaning moliyaviy ahvoliga bog’liq emas.
Stipendiyalar
Stipendiya olish — bu horijda tekinga o’qishning yana bir samarali usuli. Moliyaviy yordamning mazkur turi, talabaning moliyaviy ahvoliga qarab berilmaydi. Stipendiya olish uchun asosan, talabaga Essay va unda, nega aynan u ta’lim stipendiyasini olishi kerakligi haqida yozishi kerak bo’ladi. Talabaning stipendiya olishida quyidagi omillar katta ta’sir ko’rsatadi:
1. Iste’dot va yutuqlar.
Stipendiya talabaning ta’lim, madaniyat, sport va fan sohasidagi ijobiy yutuqlari uchun berilishi mumkin.
2. Mutahassislikning ustunligi
Bu turdagi stipendiyalar Universitetning asosiy ta’lim sohasi bo’yicha o’qishga qabul qilingan talabalarga, muhassisligi ustun hisoblanadigan ta’lim yo’nalishlari, masalan tibbiyot sohasi talabalariga berilishi mumkin.
Stipendiyaning aynan bir universitetga qabul qilingan talabalarga beriladigan turlari ham mavjud. Horijda bunday stipendiyalar, dunyodan eng yaxshi nomzodlarni ayni bir universitetlarga yig’ish uchun ishlatiladi.Eng ommaviy stipendiya — Fellowship
Moliyaviy yordamning bu turi, chet el oliy o’quv yurtining magistratura va doktorantura bosqichida o’qish uchun beriladi. Ko’p hollarda stipendiya talabaning ta’lim olish va yashash uchun harajatlarini butunlay qoplaydi.
Ushbu ko’rinishdagistipendiyani olish uchun arizalar bevosita universitetning o’ziga yoki talabalarni moliyaviy taminlovchi tashkilotlarga topshiriladi.Tadqiqotlar uchun stipendiya.
Stipendiyaning bu turi faqat magistr va doktor unvonini olgan tadqiqotchilarga beriladi. Bu stipendiya ta’limni davom ettirish yoki bo’sh vaqtida professor yordamchisi bo’lib ishlash uchun moliyaviy yordam sifatida beriladi.
Chet elda tekinga o’qishning 4 usuli