Xaker, kim o’zi u?

Xaker, kim o’zi u?
xaker kim ozi u 65cb466a55776

photo 2020 08 15 16 29 01

Xaker, kim o’zi u?

DO`STLARGA ULASHING:

Barcha xakerlar yomonmi? Xakerlikning asosiy 5 turi

Xaker, kim o’zi u?
Dastlab, bu termin hisoblash texnikalarni yaxshi tushunadigan, dasturlash va tizimlarni mukammal biladigan insonlarga nisbatan ishlatilar edi. Ular muammolarni kutilmagan tarzda yechadigan, siz o’ylamagn tomondan yondashadiganlar edi.
Keyinchalik bu soha vakillari buzg’unchilik qila boshladilar va xaker so’zini buzg’unchi sifatida rivojlanishiga olib kelishdi.

Hozirda, hamma davlatlarda bu kabi buzg’unchilar uchun qattiq jazolar ishlab chiqilgan, shu sababli, buzg’unchi bo’lishdan saqlaning.

Endi, shu buzg’unchilarga qarshi turuvchi, hisoblash texnikalarni himoyalovchi kuchli mutaxxasislar yetishib chiqdi va ular ham yaxshi ma’noda «xaker»lar deyildi, lekin ular himoya vazifasini bajarishadi.

Bu yerdan xakerlarning turlari kelib chiqdi va ular quyidagilar:
⚪️ Oq xakerlar(White hat). Bular tizimlardagi muammolarni qidirib, ularni bartaraf etish bilan shug’ullanishadi, ya’ni buzg’unchilardan himoyalash vazifasini bajarishadi.
⚫️ Qora xakerlar(Black hat). Aynan shular buzg’unchilar, yomon niyatli, barchaga zarar keltiruvchilar. Bulardan ehtiyot bo’lish, himoyalanish haqida shu kanalda postlar berib bormoqdaman, o’qing va o’rganing.
? Kulrang xakerlar(Gray hat). Bular vaziyatdan kelib chiqib, ish ko’rishadi, ya’ni hamilionlar. Muammolarni topishadi va ularni yechib berish uchun ma’lum mablag’ talab qilishadi, lekin unchalik buzish ishlarida qatnashishmaydi.
? Yashil xakerlar(Green hat). Bular xavfsizlik ishlarini endi boshlaganlar, o’rganuvchilar.
? Qizil xakerlar(Red hat, bu nomni Linux tizimidagi Redhat bilan adashtirmang). Bular ham yaxshilar tomonida. Oq xakerlar, qora xakerlardan himoyalanishsa, qizil xakerlar, qora xakerlarga qarshi kurashadilar, ularni o’zlariga xujum qilishadi.

Asosiylari shular, ko’rib turganingizdek, qora xakerlardan boshqa hammasi, ularga qarshilardir. Shunday ekan, aslo buzg’unchi bo’lmang, ularning joyi #.

☝️ Bu postni nima uchun yozdim? Hozirda Wi-Fi routerni qanaqa buzadi? Kim buzib bera oladi? degan savollar ko’payib ketmoqda, aslo buzg’unchi va firibgar bo’lmang. Bizning davlatda ham, firibgarlik haqida jinoyat kodeksida (https://lex.uz/docs/111453) aytib otilgan.

kim o’zi u?, Xaker