
GIPERGEN KONLAR haqida malumot bilib oling.
GIPERGEN KONLAR, sedimentogen konlar, ekzogen konlar — Yer yuzasida qad. va hoz. geokimyoviy jarayonlar b-n bogʻliq holda hosil boʻlgan foydali qazilma uyumlari. Gipergen konlar endogen sharoitida hosil boʻlgan mineral xom ashyolarning mexanik va biokimyoviy qayta oʻzgarishi va differensiatsiyasidan tarkib topadi. Gipergen konlar nurash, sochma va choʻkindi konlarga boʻlinadi. Okean va dengiz tubi yotqiziqlarida choʻkindi (koʻmir, yonuvchi slaneslar, neft, yonuvchi gaz va b.), yon bagʻirlar, daryo va dengiz sohillarining boʻsh yotqiziqlarida sochma (oltin, platina, titan, volfram va b.), materik yuzasida nurash (nikel, temir va b.) konlari hosil boʻladi. Gipergen konlarga neft va gaz, kumir, koʻpchilik rudali va noruda konlari kiradi. Gipergen konlarning sanoat ahamiyati katta.
Ensiklopediya.uz
GIPERGEN KONLAR