
GETINAKS haqida malumot bilib oling.
GETINAKS — sintetik smolalar shimdirilgan qogʻoz qatlamlarini presslab olinadigan material. Bogʻlovchi moddalar sifatida koʻproq fenol-formaldegiddan, kamdan-kam melamin-formaldegid, epoksid-fenolanilin-formaldegid smolalardan foydalaniladi. Getinaks tarkibida smola miqdori 40—55% boʻladi. Baʼzan Getinaks sirtiga zarqogʻoz, gazlama, shisha yoki asbest toʻqimalar qoplanadi. Getinaksning mustahkamlik, elektr izolyatsiya xossalari yuqori. Listlar va silindrik zagotovkalar koʻrinishida ishlab chiqariladi. Transformator, telefon, radioapparatura bosma sxemalarini detallari, vtulkalar, tishli gʻildiraklar i. ch. va bezak materiallar sifatida ishlatiladi.
Ensiklopediya.uz
GETINAKS