Microsoft Defender bilan kompyuterni virusga tekshirish
Microsoft Defender bilan kompyuterni virusga tekshirish 🛡 Avval aytganimizdek, Microsoft Defender Windows operatsion tizimi bilan birga o’rnatilgan ichki himoya dasturidir. ⚙️ Microsoft Defender-ga 1- va 2-rasmdagidek Settings > Update & Security > Windows Security va Open Windows Security tugmasini bosish orqali dasturga kiriladi (yoki pastki o’ng burchakdan Windows ikonkasini bosib kirishingiz mumkin). ✅ Agar sizda 3-rasmdagi kabi barcha belgilar yashil bo’lsa, demak, havotirga o’rin yo’q, kompyuteringiz Microsoft Defender tomonidan qo’riqlanmoqda. ❌ Aks holda, biron-bir bo’limda qizil belgisi bo’lsa, demak, o’sha qism ishlamayapti (4-rasm). Ishlatish uchun Turn on tugmasini bosish kifoya. 🔍 Agar kompyuteringizni virus uchun tekshirmoqchi bo’lsangiz, Virus & threat protection bo’limiga o’ting va Quick scan tugmasini bosing. Qisqa vaqt ichida kompyuteringiz tekshiriladi va natijalar ko’rsatiladi.Microsoft Defender bilan kompyuterni virusga tekshirish
DO`STLARGA ULASHING:
Microsoft Defender bilan kompyuterni virusga tekshirish