GORKIY AVTOMOBIL ZAVODI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GORKIY AVTOMOBIL ZAVODI haqida malumot bilib oling.

GORKIY AVTOMOBIL ZAVODI (GAZ) — Rossiyaning yuk va yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan yirik avtomobil sanoati korxonasi. Nijniy Novgorod (sobiq Gorkiy) sh. da joylashgan. 1932-y. da ishga tushirilgan. Dastlab 1,5 t li GAZ-AA (yuk tashuvchi) va GAZ-A (yengil) avtomobillari, 1936-y. dan 1,5 t li GAZ-MM (yuk tashuvchi), M-1 (yengil) va b. avtomashinalar ishlab chiqardi. 1941-y. gacha z-dda 18 modeldagi avtomobillar tayyorlandi. Urushdan keyin GAZ-51, GAZ63 (yuk tashuvchi), «Pobeda», GAZ-69, 1956-y. dan «Volga-21» 1959-y. dan «Chayka» yengil avtomobillari, shuningdek, 1963-y. dan GAZ-24 «Volga» yengil avtomobilni i. ch. oʻzlashtirildi. Hoz. vaqtda z-d yuk tashuvchi va yengil avtomobillarning takomillashtirilgan yangi modellarini ishlab chiqaradi («GAZel», GAZ-29, GAZ31, GAZ-ZPOvab.). Korxona mahsulotlari chet el bozorlariga, shu jumladan Oʻzbekistonga ham chiqariladi. 90-y. lar boshigacha Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligida foydalanilgan avtomobillarning katta qismini GAZ avtomobillari tashkil qilgan. Mac, 1995-y. da respublika korxonalarida GAZ markali 58 ming yuk, 16 ming yengil avtomobillaridan foydalanilgan, fukarolarga tegishli 28 mingdan ortiq GAZ «Volga» yengil avtomobillari boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
GORKIY AVTOMOBIL ZAVODI