GʻOZSIMONLAR haqida malumot bilib oling.
GʻOZSIMONLAR — qushlar turkumi. Palamedeyalar va oʻrdaksimonlar oilasiga boʻlinadi. 150 turi maʼlum. Yirik va oʻrtacha kattalikdagi suv ekosistemalarida yashaydi. Antarktidadan tashqari hamma qitʼalarda tarqalgan. Koʻpchiligi monogam. Tuxumlarini, asosan, modasi bosadi. 2—3 yilda voyaga yetadi. Koʻpchilik turlari uzoq migratsiya qiladi. Suvda yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. Tez uchadi. Bir necha turi ov obyekti hisoblanadi. Suv havzalaridan intensiv foydalanish Gʻozsimonlar sonining kamayishiga sabab boʻlmoqda. Oʻzbekistonda Gʻozsimonlarning 36 turi uchraydi. Vishildoq va qiyqiroq oqqushlar, oq peshonali kichik gʻoz, qiziltomoq gʻoz, marmar churrak, olaqanot, oqbosh oʻrdak va b. turlari Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Ensiklopediya.uz
GʻOZSIMONLAR