
GALVANI haqida malumot bilib oling.
GALVANI (Galvani) Luidji (1737.9.9 – Bolonya – 1798.4.12) italyan anatomi va fiziologi. Elektr haqidagi taʼlimot asoschilaridan biri, eksperimental elektrofiziologiya asoschisi. Muskullarning qisqarishidagi elektr hodisasini birinchi boʻlib tadqiq qilgan va metallar elektrolit bilan tutashganda potensiallar farqi hosil boʻlishini payqagan. Shu sababli elektr tokining kimyoviy manbai uning sharafiga Galvanik elementlar deb nomlangan.
Ensiklopediya.uz
GALVANI