SHISHCHIVINLAR haqida to’liq ma’lumot oling

SHISHCHIVINLAR haqida to’liq ma’lumot oling

SHISHCHIVINLAR, gallitsalar — qoʻshqanotlilar yoki pashshalar turkumiga mansub mayda chivinsimon hasharotlar oilasi. 3500 ga yaqin turi maʼlum. Tanasining uz. 1—5 mm. Chuvalchangsimon lichinkasining yaqqol ajralgan boshi yoki oyogʻi yoʻq boʻlib, urchuqsimon. Gʻumbagi, odatda yashirin, soxta yoki gʻovak pillada joylashgan. Shishchivinlarning oʻsimliklar (fitofaglar), mayda tirik organizmlar (zoofaglar) va zamburugʻlar tanasi (mitsetofaglar) bilan oziqlanuvchi vakillari bor. Fitofag Shishchivinlar oʻsimlikning tirik toʻqimalari bilan oziqlanib, shish, bujgʻun (oʻsimta) hosil qiladi. Bir yillik va koʻp yillik oʻtlar, daraxt hamda butalarga shikast yetkazadi. Ayniqsa, bugʻdoy, sholi va arpaga gessen pashshasi katta ziyon keltiradi. Ayrim Shishchivinlar (mas, beda gul chivini) beda, yoʻngʻichqa, vika va noʻxatni shikastlaydi. Zoofag Shishchivinlar har xil oʻsimlik bitlari, cherveslar, barg burgachalari, oqqanotlar va boshqalar paraziti yoki kushandasi. Issiqxonalardagi oʻsimlik bitlariga qarshi biologik kurashda afidimiza katta ahamiyatga ega. Oʻrgimchakkana koloniyalarida Shishchivinlar uchraydi. Mitsetofag Shishchivinlar chirigan yogʻoch va oʻrmon toʻshamasidagi zamburugʻlar tanasi hamda spora)tari bilan oziqlanadi.

Malumotlar
SHISHCHIVINLAR