SLOVAKLAR haqida to’liq ma’lumot oling
SLOVAKLAR (oʻzlarini slovaslar deb atashadi) — xalq, Slovakiya Respublikasining asosiy aholisi. 5,6 mln. kishi, jumladan, Slovakiyada taxm. 4,5 mln. kishi (1990y. lar oʻrtalari). Slovak tilida soʻzlashadi. Dindorlari — katoliklar, protestantlar va uniatlar ham bor.
Arxeologik tadqiqotlar Slovaklarning ajdodlari — gʻarbiy slavyan qabilalari hoz. Slovakiya hududida 4—5-a. da paydo boʻlganligini koʻrsatadi. S 11-a. dan 20-a. ga qadar Vengriya tarkibida yashagan, lekin oʻz milliy madaniyatini saqlab qolgan. 19-a. da millat boʻlib shakllangan. 1918-y. da Chexoslovakiya tarkibiga kirgan. S 1992-y. 17-iyuldan mustaqil davlat barpo etganlar. Slovaklar dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, kulolchilik bilan shugʻullanadi; bir qismi sanoatda band.
Malumotlar
SLOVAKLAR