SMIT haqida to’liq ma’lumot oling
SMIT (Smith) Xamilton (1931.23.8) — amerikalik molekulyar biolog va genetik. Berklidagi Kaliforniya un-ti (1952) va tibbiyot kollejini tugatgan (1956). Vashington un-tidagi Varne, Detroytdagi (Michigan shtati) G. Ford shifoxonasida, Salomatlik milliy in-tida, Michigan un-tida, J. Xopkins kollejining mikrobiologiya boʻlimida prof. Syurix un-tidagi (Shvetsariya) molekulyar biologiya in-tida ilmiy xodim. Ilmiy ishlari bakteriyalar irsiyati, nuklein kislotalar biokimyosi, bakteriofaglar irsiyati va profaglarning funksional mexanizmlarini oʻrganishga oid. Hamkasblari bilan birinchi boʻlib N. infl uenzae bakteriyasining restriksion endonukleazasini sof holda ajratib olishga muvaffaq boʻldi, bu ferment bakteriya DNKsini maʼlum bir nukleotidlar ketma-ketligi boʻyicha tarkibiy qismlarga ajratadi. Smit bu ketma-ketlikni aniqlash usulini ishlab chikdi. Nobel mukofoti laureati (1978, V. Arber va D. Natane bilan hamkorlikda).
Malumotlar
SMIT