SIETL haqida to’liq ma’lumot oling

SIETL haqida to’liq ma’lumot oling

SIETL — AQSHning shim. gʻarbiy qismidagi shahar. Vashington shtatida. Aholisi 563,4 ming kishi (2000). Tinch okeanning PyujetSaund qoʻltigʻidagi port. Transport yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. AQSH shim. gʻarbining yirik sanoat, savdomoliya, ilmiy va madaniy markazi. AQSHning aviatsiya va raketakosmik sanoatining yirik markazlaridan (yoʻlovchi tashuvchi avialaynerlar, harbiytransport samolyotlari, ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi «Boing» firmasining boshqarmasi, i. t. laboratoriyalari va z-dlari). Kemasozlik, radioelektronika, priborsozlik va avtomobilsozlik sanoatlari rivojlangan. Neft sanoati uchun jihozlar, yoʻl qurilish mashinalari, t. y. vagonlari ishlab chiqariladi. Qora metallurgiya, neftni qayta ishlash, yogʻochsozlik, qogʻoz, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari, 2 ta un-t bor. Baliq ovlanadi. Shaharga 1851-y. da asos solingan. 1973-y. da Toshkent va Sietl sh. larining birodarlashuvi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Malumotlar
SIETL