TIM haqida to’liq ma’lumot oling

TIM haqida to’liq ma’lumot oling

TIM (fors. toj.) — usti yopiq bozor, savdo rastasining baland tomi, gumbazi. Timlar kadimda asosan yirik shahar markazlarida, koʻchalar kesishgan chorraha, chorsu, guzar maydonida, karvonsaroylar yaqinida joylashgan. Usti ulkan gumbaz bilan qoplanib, bir necha hunarmandlik doʻkonlari va savdo rastalarini oʻz ichiga olgan. Timlar shahar meʼmorii qiyofasini belgilashda muqim ahamiyatga ega boʻlgan. Sugʻdlarning shahar ichidagi bozorlari va savdo rastalari arab manbalarida «suk» deb, chorrahada joylashganlari «choxorsuk» yoki chorsu deb yuritilgan. Keyinchalik 4 tomoni kesishgan koʻcha markazida joylashgan savdo tarmoklari toqlar qurilgan. Narshaxay, Klavixo, E. Jekinson va b. ning esdaliklarida Timlar qurilishi haqida maʼlumotlar saqlangan. Abdullaxon timi, Olloqulixon karvonsaroyi va timi kabi noyob meʼmorii yedgorliklar hoz. kunda mahalliy savdo markazlari sifatida oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.

Malumotlar
TIM